Ispaniya penaltifobiyaga uchragan
23 iyu 2021 21:49
Yangiliklar
Ispaniya hujumchisi Alvaro Morata Evro-2020 3-turida Slovakiyaga qarshi o'yinning birinchi bo'limida penaltini aniq amalga oshirolmadi.
SHu tariqa, ispanlar ketma-ket beshta penaltidan foydalana olmagan holda antirekord qayd etdi. Bu natija terma jamoaning 101 yillik tarixida birinchi marta sodir bo'ldi.
Oldinroq Jerar Moreno avvalgi turda Polshaga gol urolmagan (1:1), Abel Ruis Litva bilan o'rtoqlik uchrashuvida penaltini aniq amalga oshirolmagan (4:0), Serxio Ramos esa Millatlar Ligasi doirasida SHveycariya darvozasiga 11 metrlik nuqtadan ikki marta to'p kiritolmagandi (1:1).
Fikrlar