So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal" Yangiliklar

Ispaniya OTJ futbolchilari: "Tokio-2020dan tugallanmagan ishimiz bor. Maqsadimiz - oltin medal"

Ispaniya OTJ futbolchilari Erik Garsiya va Xuan Mirandalar Ispaniya Olimpiya terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Barselona" va "Bolonya" klubi futbolchilari Erik Garsiya va Xuan Mirandalar Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etadi. Ushbu futbolchilar uchun bu ikkinchi Olimpiada bo'ladi. Garsiya va Miranda uch yil avvalgi Olimpiadada ham ishtirok etishgandi va Ispaniya terma jamoasi bilan kumush medallarni qo'lga kiritishgan edi.

Ikki futbolchi ketma-ket ikkita Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan futbolchilar sifatida rekord qayd etish arafasida. Ushbu holat bo'yicha futbolchilarning fikri esa quyidagicha.

"Bunday natija qayd etish biz uchun sharaf. Santi menga qo'ng'iroq qilganida, bir soniya ham o'ylab o'tirmadim. Men rozi edim. Dastlabki Olimpiadam menga juda ajoyib bo'lgan edi. Bu qandaydir unikal va tasvirlab bo'lmas hissiyot. Olimpiya shaharchasida yashash va o'z kumirlaringning yonida o'tirish bu juda ajoyib" - deydi Xuan Miranda

"Oltin medal. Faqatgina oltin. Tokioda tugallanmay qolgan ishimiz bu safar yakunlashimiz kerak. Sovrindor bo'lish yaxshi, ammo bizga oltin medal kerak" - deya fikr bildirdi himoyachi Erik Garsiya

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика