So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  4 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Ispaniya. Mavsumning eng omadsiz transferlari Yangiliklar

Ispaniya. Mavsumning eng omadsiz transferlari

Gilerme Ochoa, Keylor Navas kabi kuchli darvozabonlar ushbu ro'yhatdan joy olganlar...

Kristian Ansaldi. "Atletiko M". Felipe Luisning o'rnini bosish uchun "Zenit"dan olingan ushbu futbolchi saviyasi Primeroga to'g'ri kelmasligini ko'rsatib qo'ydi


Gilerme Ochoa. "Malaga". JCH-2014da o'zini har tomonlama ko'rsata olgan meksikalik posbonga bir qancha grandlar tomonidan qiziqish bildirilgandi. Lekin, u "Malaga"ni tanladi va ayni paytda zahira o'rindig'ida o'tiribdi


Isaak Kuenka. "Deportivo". "Barselona" yulduzlari orasida o'zini ko'rsata olmagan futbolchidan "Deportivo"da ko'p narsa kutishgandi. Ammo, lekin, biroq... U mavsumda bor-yo'g'i ikkita gol kirita oldi


Mark-Andre ter SHtegen. "Barselona". Germaniyalik darvozabon ham o'z jamoasida ikkinchi raqamli posbon hisoblanadi. Ming afsuslar bo'lsinki, mana shunday iqtidor egasi Klaudio Bravoning soyasida qolib ketmoqda


Yago Aspas. "Sevilya". Andalusiyaliklar safida o'zini ko'rsata olmayotgan futbolchi aslida "Liverpul" futbolchisi hisoblanadi


Keylor Navas. "Real". Iker Kasilyasdek darvozabon turganida Navasning zahirada o'tirishi balki oddiy holdir. Lekin, baribir mana shunday darvozabonning ikkinchi raqam ostida harakat qilishi achinarli


Alvaro Negredo. "Valensiya". "Manchester Siti"dan ijaraga olingan futbolchi jarohati sababli bor-yo'g'i 5 ta gol kirita oldi. Hujumchi uchun juda yomon natija, shunday emasmi?


Xoel Kempbell. "Vilyareal". "Arsenal" futbolchisi hisoblangan futbolchi ham JCH-2014 vaqtida jamoasining chorak finalga chiqishiga katta hissa qo'shgandi. Lekin, klub safida u o'zini ko'rsata olmayapti


Duglas Pareyra. "Barselona". Mavsumda bor-yo'g'i bir marotaba maydonga tushgan futbolchi keyingi mavsumda ko'p ehtimol bilan boshqa jamoaga ijara asosida yo'l oladigan ko'rinadi


Alessio CHerchi. "Atletiko". "Torino"dan katta umidlar bilan harid qilingan futbolchi Ispaniyada o'zini ko'rsata olmadi va yana Italiyaga qaytarib yuborildi. Faqat u hozircha "Milan"da ijara asosida o'ynaydi


Horij saytlari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика