So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Ispaniya kubogi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvida "Real Madrid" o'z uyida "Barselona"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

Ispaniya kubogi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvida "Real Madrid" o'z uyida "Barselona"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

Ispaniya kubogi yarim finalidan o'rin olgan dastlabki "El Klasiko" yakunlandi.

Ispaniya kubogi. "Real Madrid" – "Barselona" 0:1

Gollar: Eder Militao (avtogol) 26'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 3. Eder Militao, 22. Antonio Ryudiger, 6. Nacho Fernandes (21. Rodrigo 67'), 10. Luka Modrich (39. Alvaro Rodriges 84'), 12. Eduardo Kamavinga, 8. Toni Kroos (18. Orelen Tchuameni 74'), 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Luis Lopes, 7. Eden Azar, 11. Marko Asensio, 16. Alvaro Odriosola, 17. Lukas Vaskes, 19. Dani Sebalos, 24. Mariano Dias, 5. Xesus Valexo.

"Barselona": 1. Mark-Andre ter SHtegen, 23. Jyul Kunde, 4. Ronald Arauxo, 17. Markos Alonso, 28. Alexandro Balde, 19. Frank Kesse (20. Serxi Roberto 86'), 21. Frenki de Yong, 5. Serxio Buskets, 22. Rafinya (10. Ansu Fati 69'), 11. Ferran Torres, 6. Gavi.

Zaxira: 13. Inyaki Penya, 36. Arnau Tenas, 15. Andreas Kristensen, 18. Jordi Alba, 24. Erik Garsiya, 32. Pablo Torre, 38. Angel Alarkon, 39. Estanis Pedrola.

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior 24', Rafinya 45', Gavi 51', Nacho 55', Frank Kesse 67', Federiko Valverde 73', Xavi 90+1'

Real Madrid

Copa del Rey . Semi Finals-tur

03/03/2023, 00:00

1
:
0
Tugadi

Barcelona

Eder Militao - 26'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 63000 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
24'  Vinicius Junior
55'  Nacho Fernandez
67'  Nacho Fernandez (Rodrygo)
73'  Federico Valverde
74'  Toni Kroos (Aurelien Tchouameni)
84'  Luka Modric (Alvaro Rodriguez)
26'  Eder Militao
45'  Raphinha
51'  Gavi
66'  Franck Kessie
69'  Raphinha (Ansu Fati)
86'  Franck Kessie (Sergi Roberto)


90+7. Uchrashuv yakunlandi!

90+1. "Barselona" bosh murabbiyi Xaviga hakamga qilgan etirozlari uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Rodrigoning uzoq masofadan yo'llagan juda kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

79. Modrichning zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi, yana bir zarba esa osmon-u-falakka yo'l oldi.

78. Kataloniyaliklar jarima maydonchasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Ammo yakuniy zarba berilmayapti. 

72. Ferran Torres o'ng qanotdan oldinga yurish qildi, to'pni markazga - Kessega uzatdi, Frank to'pni darvozaga yo'ladi, biroq to'p yo'liga Ansu Fati to'sqinlik qilib qoldi.

70. Buskets jarima zarbasidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

68. Madridliklar maydonning ikkinchi tomonini ham to'liq o'ziniki qilib olgan. Biroq, yaratilayotgan imkoniyatlardan hozircha naf chiqmayapti. 

58. Vinisiusning ajoyib uzatmasi xavfli tus oldi, uni ter SHtegen qaytarib yubordi.

52. Kamavinganing uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq bo'ldi.

49. Valverdening o'ng qanotdan erlatib uzatgan to'piga Vinisius zarba berdi, to'p rekoshetga uchradi va maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. O'yinning dastlabki bo'limi yakuniga etdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Valverdening o'ng qanotdan turib yo'llagan zarbasini ter SHtegen ushlab oldi.

41. Kroosning havolatib uzatgan to'pini Karvaxal kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

34. Modrichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

30. "Real" gol o'tkazib yuborgach yanada faollashdi. 

Vaziyat VAR orqali ko'rib chiqildi va o'yindan tashqari holat bo'lmagani qayd etildi. Gol ham Kessening nomiga emas, aksincha, Kurtua qaytargach Militaoning oyog'iga tegib to'p darvozaga kirgani uchun Ederning nomiga yozildi.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kesse o'ziga uzatib berilgan to'p bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishg'ol qildi!

24. Vinisius Junior de Yongga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

15. Benzemaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

12. Vinisiusning uzatmasidan so'ng Benzema boshi bilan darvozaga to'p kiritdi. Biroq ushbu vaziyatda franciyalik hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi va gol hisobga olinmadi.

7. Vinisius chap qanotdan oldinga yurish qildi, darvoza tomon zarba berdi, to'p rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

5. Dastlabki 5 daqiqada to'p nazorati asosan maydon egalarida bo'lishdi. "Real" pressingda ham faol.

1. Uchrashuvning ilk daqiqalarida madridliklar faol. Modrich jarima maydonchasiga kirib darvoza tomon zarba berdi, to'p darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика