Ispaniya kubogi finali o'tkaziladigan stadion nomi ma'lum

12 fev 2018, 22:54
“Barselona” va “Sevilya” o'rtasida Ispaniya kubogi finaliga mezbonlik qiladigan stadion nomi ma'lum bo'ldi.

Ushbu bellashuv “Atletiko” (Madrid) jamoasining uy stadioni “Vanda Metropolitano”da o'tkaziladi. Bu mazkur yangi stadionda o'tkaziladigan ilk final uchrashuvi bo'ladi.

O'yin 21 aprel kuni o'tkazilishi belgilangan. Ilgariroq “Barselona” zich taqvim bois o'yin sanasini boshqa kunga ko'chirishga harakat qilishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

O'xshash yangiliklar