So’nggi yangiliklar

01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  0 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17

Ispaniya Kubogi. "Barselona" o'z maydonida "Atletiko"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Barselona" o'z maydonida "Atletiko"ni mag'lub etdi

Ispaniya kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletiko" to'qnashuvining dastlabki o'yini bo'lib o'tdi.

Ispaniya Kubogi, 1/4 final.

Dastlabki o'yin.

"Barselona" – "Atletiko" 1:0

Kamp Nou.
 

Gol: Messi (85).

"Barselona": ter SHtegen, Alvesh, Maskerano, Pike, Alba, Rakitich (Xavi, 77), Buskets, Inesta (Bartra, 87), Suares, Messi, Neymar.

"Atletiko"
: Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, M.Suarez, Gabi, Turan, Koke, Grizmann (Raul Garsiya, 66), Torres (Manjukich, 46).

Ogohlantirishlar: Xuanfran (45), Suares (79), Maskerano (80), Gabi (85), Godin (90).


                             MATNLI TRANSLYACIYA

                                        YANGILASH



- "Barselona" - "Atletiko" o'yinidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- O'YIN TUGADI!


90` Messining jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ko'rinish oldi.


90` Godin Messini jarima maydonchasi oldida qo'pollik ishlatib to'xtatib qoldi. Godinga esa ogohlantirish ko'rsatildi. Xavfli nuqtadan xavfli jarima zarbasi!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


88` O'zgarish: Mark Bartra Inesta o'rniga maydonga tushdi.


87` Orada Gabi ogohlantirish olganini translyaciya rejissyorlari eslatib qo'yishdi. Biz ham qayd etib qo'yamiz.


86` Endi "Atletiko" etiborini hujumga qaratadi, "Barselona" esa himoyani xushyor qiladi.


85` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! Penalti! Messidan zarba! OBLAK!!!!!!!!! Oblak to'pni qaytarmoqda! Lekin qaytgan to'pni Messi bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan kiritib qo'ydi, 1:0!


83` Messi zarba! To'p "jonli devor"ga tegmoqda! Jarima maydonchasi ichida to'polon va to'p uchun kurashda Buskets yiqilmoqda. Penalti!


82` "Barselona" xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.


81` Bu o'yinda xavfli vaziyatlar "deficit" bo'layotgan bo'lsa, hakam futbolchilarni ogohlantirishni to'xtatmayapti. Bu safar Maskerano.


79` Hakamning toqati tog' bo'ldi va Suaresga sariq kartochkani ko'rsatdi.


77` "Barselona"da o'zgarish. Rakitich o'z o'rnini Xaviga bo'shatib berdi.


76` Luis Suaresdan aktyorlik mahorati! Hakam uning bu qilig'iga etibor qaratmadi, aldanmadi. To'g'ri qaror! "Kamp Nou" va Suaresning o'zi g'azabda. Suares jarima maydonchasi oldida yiqildi va hakamda jarima zarbasi belgilashini talab qildi. Lekin uning bu xohishi inobatga olinmadi.


74` Nihoyat! Uchrashuvdagi eng to'g'ri qarorlardan birini Inesta qabul qildi. Jarima maydonchasi oldidan Inesta Oblak qo'riqlayotgan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Oblak esa o'z o'rnida!


72` Jamoalarga gol urishga chanqoqlik etishmayotgandek...


70` "Barselona"ning hujumi! Neymar sirpanib ketish oqibatida hujum xavfini keskin pasaytirib yubordi. Aks holda Neymar darvozani ishg'ol etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lardi.


69` Jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to'pni raqib futbolchisi o'z maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi.


68` "Barselona" futbolchisi Luis Suares jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


67` "Atletiko" safida ikkinchi o'zgarish. Grizmann o'z o'rnini Raul Garsiyaga bo'shatib berdi.


66` Dani Alvesh Sikeyra bilan to'qnashib ketdi. Braziliyalik himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


65` "Atletiko"ning hujumi yarim yo'lda uzilib qoldi. Endi maydon egalari oldinga intilishmoqda. Lekin har ikkala jamoa futbolchilariga oldingi chizig'da ijodkorlik etishmayapti bugun.


62` Messi Mirandaning oyog'ini bosib oldi. Leoga hakam sariq kartochka ko'rsatmadi. Ko'rsatishi kerak bo'lgan vaziyat edi aslida...


61` "Barselona"ning hujumi xavfli tus olayotgandi! Neymar to'pni jarima maydonchasi chizig'ida turgan Inestaga oshirdi. Andreasning tepgan to'pi darvozagacha bormadi. Himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.


59` Ushbu standart vaziyatidan naf chiqmadi.


58` "Atletiko" hujumga o'tdi. Diego Simeone jamoasi burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi.


56` Luis Enrike hozircha tarkibda o'zgarish qilganicha yo'q. Enrike maydondagi futbolchilarga ishonmoqda.


54` Sikeyra, Godin, Miranda va Xuanfran boshchiligidagi himoya chizig'i "Barselona"ning hujumlarini bartaraf etishda katta muammoga duch kelishmayapti.


52` "Atletiko" raqibinin maydon markazidayoq kutib olmoqda.


50` Diego Simeone ikkinchi bo'limda Mario Manjukichni maydonga tushirganidan ko'rinib turibdiki, uning asosiy maqsadi mehmonda gol urish. Mario to'psiz ham ancha foydali va keng ko'lamdagi ishni bajara oladi. SHuningdek, u jarima maydonchasi ichida Torresdan ko'ra xavfliroq o'ynaydi. "Atletiko" o'yinni katta qismini to'psiz o'tkazishi va standart vaziyatlarga tayanib o'ynashini inobatga olsak, Manjukich to'g'ri tanlov. Mario Manjukich ikkinchi qavatda hozirda maydonda harakat qilayotgan eng xavfli futbolchi desak mubolag'a bo'lmaydi.


49` Messi nihoyat o'z yurishini boshladi. Leo birin-ketin raqib himoyachilarini aldab o'tdi va to'pni jamoadoshiga etkazib bermoqchi bo'ldi. Biroq uning uzatmasi noaniq chiqdi. Neymargacha to'p etib kelmadi.


47` To'p nazorati maydon egalari tarafida. "Atletiko" pressing qo'llamoqda.


46` "Atletiko"da o'zgarish. Fernando Torres o'rniga Mario Manjukichga safga qo'shildi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- BIRINCHI BO'LIM TUGADI! TANAFFUS!


45` Xuanfran maydon markazida Neymarga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


43` Lionel Messi qaydnomada bormi? Hozir qarab ko'ramiz, ha bor ekan. Qizig'i, ushbu futbolchi maydonda deyarli ko'rinmayapti. Leo, uyg'on! Futbol bo'lmoqda...


42` Luis Enrike jamoasining birinchi bo'limdagi ishtirokidan hozircha ko'ngli to'lmayotgani aniq. Enrike faollik bilan o'z futbolchilariga ko'rsatmalar berish bilan band.


40` "Atletiko"ning ikki nafar sochi buyalgan futbolchilari Torres va Grizmann xavfli vaziyatga chiqib borishlari mumkin edi. Nimchorak finalda "Real"ga qarshi bellashuvdagidek samarali o'ynay olishganida, hozir uchrashuvda hisob ochilgan bo'lardi. Lekin Fernando Torres raqib himoyachilaridan qochayotib, to'pni ochiq turgan Grizmannga uzatib berishda xatoga yo'l qo'ydi va jamoasining xavfli tus olayotgan qarshi hujumini buzib qo'ydi.


38` Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyatni kutilganidek mezbonlar yuzaga keltirishdi. Lekin Suares bu vaziyatda kutilganidek o'ynay olmadi.


37` Luis Suares!!!!!!!!!! Xavfli vaziyat!!!!! Zarba va to'p noaniq ketmoqda! Rakitichdan zargarona to'p uzatilishi va Suares deyarli 100 foizlik imkoniyatdan foydalana olmayapti!


36` Mehmonlarning chap qanotdan tashkil etilgan hujumini Torres samarali yakunlashi mumkin edi. Biroq Fernando Torresning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.


35` Sal avval ter SHtegen qilgan ishni bu safar Oblak ham takrorladi. Burchak to'pidan so'ng darvozabonlar hammadan chaqqonroq harakat qilishmoqda.


34` Luis Suaresga nisbatan jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. Lekin hakam bu vaziyatni ko'zdan qochirdi. Lekin mezbonlarning hujumi davom etdi. Burchak to'pi tepiladi.


33` "Atletiko" ketma-ket ikkinchi bor to'pni burchak zarbasidan o'yinga kiritmoqda. ter SHtegen bu vaziyatda hammadan chaqqon harakat qildi va to'pni egallab oldi.


32` "Atletiko"ning tezkorlik bilan uyushtirgan hujumi xavfliroq chiqqandi. Torresning darvoza tomon yo'llagan zarbasi Maskeranoga tegib maydonni tark etdi.


30` Ha, zerikarli futbol. Messi - Neymar - Suares "trio"si hozircha hech narsa o'ylab topa olishmayapti.


28` "Barselona"ning maqsadsiz oldinga borishi naf keltirmadi. Mehmonlar himoyasi ularni rejalarini oldindan "o'qiy" bilishmoqda.


27` Jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi. Jarima maydonchasi tashqarisida turgan Arda Turan to'pga zarba berdi. Kuchsiz chiqqan zarbani ushlab olishda ter SHtegen qiyinchilikka duch kelmadi.


26` "Atletiko" hujumda harakat qilmoqda. CHap qanotdan rivoj olayotgan hujumni raqib himoyachisi qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Arda Turanga nisbatan Rakitich qo'pollik ishlatdi.


25` O'yin surati juda past.


24` Burchak to'pidan so'ng Mario Suarez to'pga zarba berdi. Biroq noaniq.


23` ter SHtegen darvozasi tomon ilk zarba! Ammo to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak zarbasi.


22` "Barselona" tezkorlik bilan qarshi hujumga o'tayotgan bir pallada Koke o'zining chiroyli "podkati" raqib hujumini to'xtatib qoldi.


21` "Atletiko" hujumga o'tdi va o'zlarining uchrashuvdagi ilk burchak zarbalarini ishlab olishdi. Biroq bu samara keltirmadi.


20` Har ikkala jamoalar avvalo kuchlari tejagan holda o'ynashmoqda. Bunaqangi o'yinlarda har bitta xato qimmatga tushishini inobatga oladigan bo'lsak, ular o'zbek xalq maqoli "etti o'lchab, bir kes"ga amal qilishmoqda.


18` Luis Suares jarima maydonchasi ichiga yorib kirmoqchi bo'ldi. Biroq Miranda bu vaziyatda raqibini zararsizlantira oldi.


17` Jamoalar raqib jarima maydonchasi oldida vaziyatlar yaratishda oqsashmoqda.


16` Fernando Torres to'psiz yugurmoqda. Diego Simeone esa o'yinni tik turgancha kuzatib bormoqda.


15` Hakam Xuanfranni Maskeranoga qarshi qo'pol o'ynadi deb topdi va mezbonlar jarima maydonchasi oldidan jarima zarbasi belgiladi.


14` Neymar o'zining ikkinchi zarbasini amalga oshirgandi. To'p yo'liga esa "Atletiko" himoyachisi g'ov bo'ldi.


13` O'yin maydon markazida ko'chgandek. To'p asosan yumaloq chiqiz atrofida o'ynalmoqda...


11` "Barselona" va "Atletiko" jamoasi futbolchilari O'zbekistonda soat nechchi ekanligidan xabarlari yo'q shekilli. Hozircha yuqori shiddatkor futbolni namoyish etishmayapti. Ularning osiyodagi muxlislari hozir "uxlab" qolishlarini hayollariga ham keltirishmayapti...


10` "Barselona" hozircha pozicion hujumlarni tashkil etish bilan band. Diego Simeone jamoasi esa himoyani qattiq nazoratga olishgan. Ularga bugun durang ham yaxshi natija bo'lishi mumkin. Asosiy urg'u esa qarshi hujumga qaratilishi aniq.


8` Atletiko" oldinga o'tishga urinib ko'rdi. Biroq laynsmen ularning hujumlari davomli emas deb topdi va bayroqchasini ko'tarib, offsaydni qayd etdi.


7` Bu safar ham "Atletiko" himoyasi ishonchli o'ynadi.


6` "Barselona"ning hujumlari davom etadi. Albaning faolligi evaziga uchrashuvdagi ikkinchi burchak to'pi ishlab olindi.


5` "Barselona" burchak to'pinidan unumli foydalana olmadi. Aniqrog'i, mehmonlar himoyasi bu vaziyatda aniq o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.


4` Xavfli vaziyat! Messi - Suares - Neymar "trio"sining kombinaciyasi va Neymardan ajoyib zarba! "Atletiko" posboni Oblak esa to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yaxshi "seyv"!


3` To'p maydon egalari "Barselona" futbolchilari nazoratida. Ular hujum qilishga "yo'l" izlashmoqda...


2` Bu o'yin "Real" - "Atletiko" (2:2) bellashuvi singari Torresning "omadli yurishi" bilan boshlanmadi...


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Demak biz ham o'z ishimizni boshlaymiz...


- Sanoqli soniyalardan so'ng uchrashuvga start beriladi...


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya Kubogi chorak final bellashuvi "Barselona" - "Atletiko" bahsini saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilamiz. Siz bilan birgalikda uchrashuvni klaviaturani "shaqillatgan" holda SHahboz Beg'amov kuzatib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика