So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

Ispaniya Kubogi. "Atletiko" dastlabki o'yinda "Real"ga imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Atletiko" dastlabki o'yinda "Real"ga imkoniyat qoldirmadi

Ispaniya kubogi nimchorak final uchrashuvi "Atletiko" hamda "Real" o'rtasidagi o'yinni ushbu sahifa orqali kuzatib boring.
Ispaniya kubogi, 1/8 final.

Dastlabki o'yin.

"Atletiko" – "Real" 2:0

"Visente Kalderon".

Gollar
: Raul Garsiya (58-penaltidan), Ximenez (76).

"Atletiko"
: Oblak, Gamez, Godin, Ximenez, Lukas, Mario Suares, Gabi, Saul (Turan, 67), Raul Garsiya, Grizmann (Manjukich, 75), Torres (Koke, 59).

"Real"
: Navas, Arbeloa (Karvaxal, 82), Ramos, Varan, Marselo, Xedira, Kroos, Beyl, Xames (Ronaldo, 63), Isko, Benzema (Xese, 76).

Ogohlantirishlar
: Marselo (27), Xedira (31), Ramos (56), Xesus (60), Grizmann (65), Gabi (73), Godin (86), Karvaxal (90).

                                       MATNLI TRANSLYACIYA
                                                  YANGILASH



Ushbu o'yindan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


"Atletiko" ketma-ket uch o'yindan buyon "Real"ni taslim etmoqda.


"Atletiko" Ispaniya kubogi 1/8 final dastlabki o'yinida "Real"ni ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Bu jamoalarning javob o'yini "Santyago Bernabeu"da 16 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

- O'YIN TUGADI!


90` DIEGO SIMEONE!
Stadionni larzaga keltirmoqda. Muxlislardan yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlashni talab qilmoqda. Bu murabbiy o'zgacha xarakter va uslubga ega mutaxassis. "Real"ni anchadan buyon ancha "qiynab" kelayotgan kam sonli murabbiylardan biri bu mister Simeone.


90` Qo'shimcha daqiqalar boshlanib ketgan. "Real" to'pni o'z jarima maydonchasi oldidan raqib darvozasi oldiga olib borish haqida o'ylamoqda...


90`
Uchrashuvga hakam tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


90`
Karvaxal ham hakamning ogohlantirishisiz o'yinni yakunlamaydigan bo'ldi.


89`
"Real" "Atletiko" darvozasi oldida hech qanday xavf solayotgani yo'q.


88`
Godin maydon markazida Ronaldoni yiqitdi va sariq kartochka bilan siylandi.


87`
Toni Kroosdan zarba. Oblak nihoyat o'yinga kirishdi. Zarba kuchsiz chiqdi va darvozabon ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi.


85`
"Real" o'zining navbatdagi burchak to'pidan unumli foydalana olmadi.


84`
"Real"da so'nggi o'zgarish. Arbeloa o'rniga Karvaxal tushirildi.


82` "Visente Kalderon"ga yig'ilgan muxlislar bugungi g'alabani nishonlashga tushib ketishdi. Butun stadion qo'shiq kuylamoqda. "Navo" kanalini birov qo'yiptimi desam, yo'q, "NTV PLYUS Futbol"da turgan ekan.


81`
"Real" "Atletiko" darvozaboni Oblakka etarlicha ish topib bera olmayapti.


80`
Maydonda keskin kurash kechmoqda.


79`
"Real" burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq bundan hech qanday naf chiqmadi.


78`
"Real"ni yo'qotadigan narsasi qolmayapti. Ular hech bo'lmasa bitta gol urish maqsadida oldinga borishmoqda.


77`
"Atletiko" javob o'yini oldidan o'z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olmoqda. Ammo hali oldinda etarlicha vaqt bor va barchasi o'zgarib ketishi mumkin.


76` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XIMENEZ! Burchak to'pidan so'ng Ximenez boshi bilan "Real" darvozasiga jamoasining ikkinchi golini kiritmoqda, 2:0.


76`
"Real"da o'zgarish.  Karim Benzema o'z o'rnini Xesega bo'shatib berdi.


75`
"Atletiko"da o'zgarish. Grizmann o'rniga Manjukich tushdi.


74`
Krishtiano Ronaldo uchun imkoniyat paydo bo'lgandi. Darvozadan unchalik uzoq bo'lmagan joyda jarima to'pi belgilandi. Ronaldoning ushbu jarima to'pidan tepgan zarbasi to'g'ri "Santyago Bernabeu"ga ketdi shekilli...


72`
Diego Simeonedan uchinchi o'zgarish bo'ladi. Mario Manjukich maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda. Qiziq. Arda Turan va Mario Manjukich bular ancha kurashchan futbolchilar hisoblanishadi. Bu toifadagi futbolchilar nafaqat hujumda, balki himoyada ham jamoasi uchun ancha kerakli ishlarni amalga oshira oladilar. "Bir o'q bilan ikki quyonni" urish deb shuni aytishsa kerak...


71`
Hududiy ustunlik to'liq "Real" tomonida. "Atletiko" o'z jarima maydonchasi atrofida juda zich joylashib olgan.


70`
Marselo jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan Garet Beylni qidirib topgandi. Biroq uelslik futbolchi to'pga etib kela olmadi.


69`
Arda Turan Saulni o'rniga maydonga chiqarildi.


68`
Xedira to'pni ochiq turgan Benzemaga uzatdi. Karim esa tekis maydonda qoqilib tushdi va to'pni to'xtatib qola olmadi.


67`
"Real" futbolchilariga bugun oldingi chiziqda ijodkorlik etishmayapti.


66`
Diego Simeone yana bir o'zgarish tayyorlamoqda. Arda Turan maydonga tushishga taraddud ko'rmoqda.


64`
Kutilganidek o'zgarish. Xames Rodrigez maydonni tark etdi. Uning o'rniga Krishtiano Ronaldo tushdi.


63`
Anchelotti Krishtiano Ronaldoni maydonga tushirgani maqul. "Real"ning o'yinida rang-baranglik etishmayapti.


62`
"Real" endi etiborini hujumga qaratishi aniq.


60`
"Atletiko" safida o'zgarish. Fernando Torres o'z o'rnini Kokega bo'shatib berdi.


59`
Penaltini jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 1:0. Garsiya to'pni darvozaning o'ng pastki burchagiga tepdi, Navas to'p yo'nalishini topgandi, biroq zarbani qaytara olmadi.


58` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAUL GARSIYA!


58` Serxio Ramos o'z jarima maydonchasi ichida Raul Garsiyani ushlab qoldi va hakam penalti belgiladi. Ramosga esa sariq kartochka.


57` PENALTI!


57`
"Atletiko" ham "Real"ga javoban hujumga o'tmoqda.


56`
"Real"ning ketma-ket hujumlari davom etmoqda. Oblak har uchchala vaziyatda to'pni mushtlari bilan urib yuborib xavfni oldini oldi.


54`
"Real" bu galgi hujumi ham besamar ketdi. Jarima maydonchasi ichida Oblak barchadan ildamroq harakat qildi va to'pni ushlab oldi.


52` Xavfli vaziyat! Garet Beyl!!!
Marseloning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan chiroyli pasini Beyl bir urinishda darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi. Biroq to'p darvoza ustunini yondinasidan o'tib ketdi.


51`
Grizmannning navbatdagi urinishi ham foyda bermadi.


50`
"Atletiko" standart vaziyatiga eg abo'ldi. Biroq jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.


49`
"Atletiko"ning hujumi yakunlanmay qoldi. Raqib jarima maydonchasi ichida Suares to'pga qo'li bilan tegdi.


47`
"Real"ning hujumi. Ammo laynsmen Rodrigezni o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topdi. Biroq Xames himochi bilan bir chiziqda turgandi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



45`
Hakam birinchi bo'limga hech qancha vaqt qo'shib bermadi. To'g'ri qildi. TANAFFUS!


43`
Birinchi bo'limda hech bir jamoani katta ustunlikka erishdi deya olmaymiz. To'pga egalik qilish borasida to'g'ri "Real" katta tafovut bilan "Atletiko"ni ortda qoldirdi.


42`
Jamoalarning maqsadsiz uyushtirayotgan hujumlari naf keltirmayapti. 


40`
Birinchi bo'limdagi o'yin ko'proq "tungi alla"ga o'xshamoqda...


39`
Nihoyat! Karim Benzema darvoza tomon aniq zarba yo'lladi, lekin Oblak to'pni qaytarishga qiynalmadi.


38`
Har ikkala jamoa posbonlari Oblak hamda Navasga  deyarli ish topilmayapti.


36`
Sami Xediraning boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.


35`
Burchak to'pidan mezbonlar samaralari tarzda foydalana olishmadi.


34`
Xavfli vaziyat bo'lishi ozgina qoldi. Raul Garsiyaning darvozaga tepgan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Burchak to'pi.


32`
Bu o'yin ko'proq ECHLning o'tgan mavsumidagi final bahsini eslatib yubormoqda.


31`
Sami Xedira Torresni tirsagi bilan to'xtatib qolganligi uchun ogohlantirish oldi.


30`
Uchrashuv muxlislar kutganchalik qiziqarli o'tmayapti. Jamoalar bir-birlarini xato qilishlarini kutib o'ynashmoqda.


28`
Marselo Mario Suaresga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.


27`
Fernando Torres ancha faol o'ynashga harakat qilmoqda.


26`
To'p bilan ko'proq "Real" muomalada bo'lmoqda. "Atletiko" esa asosan qarshi hujumlarga tayanib o'ynamoqda.


25`
Jamoalar navbat bilan hujum qilishga urinib ko'rishmoqda. Biroq ular o'ylagan reja ish bermayapti. Boshqacha aytadigan bo'lsak, himoyachilar hozircha bexato o'ynashmoqda.


24`
Maydon markazida Fernando Torres unga nisbatan Marselo o'yin qoidasini buzganini hakamga aytmoqda. Lekin bosh hakam hammasi risoladagidek bo'lganini va o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.


23`
Grizmann! "Atletiko" hisobni ochish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq ikki franciyalik futbolchilar to'qnashuvida Rafael Varan Grizmanndan ustun keldi va jarima maydonchasi ichida to'pni undan olib qo'yishga erishdi.


22`
Bu safargi urinish ham samara keltirmadi. Jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni mezbonlar futbolchisi boshi bilan qaytarib yubordi.


21`
"Real" bugungi o'yindagi navbatdagi burchak to'pini ishlab olmoqda.


19`
Golli vaziyatlarni yaratishda jamoalar biroz oqsashmoqda.


18`
"Atletiko" ham ancha faollashib qoldi. Maydon egalari pozicion hujumda harakatlanishmoqda.


16` Xavfli vaziyat!
"Atletiko"ning tezkor qarshi hujumi! Grizmann jarima maydonchasi oldidan Navas qo'riqlayotgan darvozaga xavf soldi! Keylor Navas o'z o'rnida!


15` Gooool! Beyl!
Biroq bu golni hakam inobatga olmadi. O'yindan tashqari holatlar bo'yicha hisob qisqardi, 2:1. Xames oshirib bergan to'pga Beyl boshi bilan aniq zarba yo'llagandi.


14`
"Real" jarima zarbasi ishlab oldi. Xames Rodrigez to'pni  jarima maydonchasiga etkazib berishga shaylanmoqda.


13`
SHiddatkor futbol ko'rmayapmiz. Umid qilamizki, bu vaqtincha...


11`
O'yindan tashqari holatlar bo'yicha hisob 2:0. Har ikkala vaziyatda ham Fernando Torres offsaydda tushib qoldi.


10`
Nihoyat mezbonlar ham maydon markazini kesib o'tishgan edi. Biroq "qaymoqrangliklar" to'pni tezda olib qo'yishdi.


8`
O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. "Atletiko" futbolchilari raqibga qarshi "pressing" qo'llashmoqda.


7`
"Atletiko"ning barcha futbolchilari o'z maydonchalari oldida himoyalanish bilan bandlar. "Real" raqibini to'psiz qoldirish bilan birga butun jamoa bo'lib himoyalanishga majbur etmoqda.


6`
"Atletiko"ga qaytgan Fernando Torres bugun asosiy tarkibda o'yinni boshladi. Hozir aynan ushbu futbolchi jamoasi hujumini rivojlantirayotgandi. Biroq Fernando Torres o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


5`
"Real" to'pni o'zida saqlab turibdi. Diego Simeone shogirdlari hozircha to'psiz harakatlanishga majburlar.


4`
O'yin debyutini "Real" faollik bilan o'tkazmoqda. Ketma-ket standart vaziyatlaridan so'ng "Atletiko" himoyachilari o'z jarima maydonchalari oldidan xavfni bartaraf etishdi.


3` Xavfli vaziyat!
Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pga Ramos boshi bilan zarba berdi. Oblak bu vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qoldi. Mehmonlar ancha faollik bilan start olishdi.


2`
"Real" dastlabki daqiqalardanoq burchak to'pi ishlab olmoqda.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

-
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya kubogi doirasidagi "Atletiko" - "Real" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика