Ispaniya JCH-2018ga tayyorgarlikni “Real” futbolchilarisiz boshlaydi
07 may 2018 22:42
Yangiliklar


Ispaniya JCH-2018ga tayyorgarlikni “Real” futbolchilarisiz boshlaydi
Ispaniya terma jamoasi JCH-2018 final bosqichiga so'nggi yakuniy tayyorgarlikni 28 maydan boshlaydi.
Ushbu yig'inning dastlabki kunlarida “Real” futbolchilari ishtirok etishmaydi. “Qirollik klubi” yig'in boshlanishidan ikki kun oldin Kiev shahrida o'tkaziladigan ECHL final uchrashuvida “Liverpul” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
O'n kunlik yig'indan so'ng “Qizil furiya” 7 iyun kuni Rossiyaning Krasnodar shahriga jo'nab ketadi. Aynan Krasnodarda Ispaniya terma jamoasining lageri joylashadi. Xulen Lopetegi shogirdlari 3 iyun kuni Vilyarreal shahrida SHveycariya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar