So’nggi yangiliklar

19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  4 18:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" (матнли трансляция)  3 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  13 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  9 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5

Mutolaa uchun. Ispaniya termasida Luis Enrike davri yakuniga etdi. Undan nimalar qoldi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Ispaniya termasida Luis Enrike davri yakuniga etdi. Undan nimalar qoldi?

Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasi (RFEF) Luis Enrikeni istefoga chiqardi.

Rasmiy sabab: Enrike qo'l ostida boshlangan o'sishni davom ettirish uchun yangi loyiha boshlash kerakligi.



Enrike JCH-2022 boshlanguniga qadar turnir uning uchun Ispaniya terma jamoasi murabbiyligidagi so'nggisi bo'lishini aytgandi. U turnir davomidagi strimlardan birida buni tasdiqladi: "Bu ajoyib tajriba, ammo ushbu JCHdan so'ng ketaman".

Enrike terma jamoa bilan to'rt yarim yil ishladi. Ispaniya terma jamoasidagi statistikasi (2018-2022): 46ta o'yin, 25ta g'alaba (umumiy o'yinlar sonidan 54,5%), 14ta durang, 7ta mag'lubiyat, 95ta gol urilgan va 37ta to'p o'tkazib yuborilgan.


Enrike terma jamoaga JCH-2018dagi tartibsizliklardan so'ng kelgandi. SHundan so'ng Millatlar Ligasida muvaffaqiyatga erishildi va Evrodagi yarim final


Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini 2018 yilning 9 iyulidan so'ng qabul qilib oldi, bu jamoaning JCHdan chiqib ketganidan bir necha kundan keyin amalga oshdi. Vaziyat betartib edi: terma jamoani JCHga tayyorlagan Xulen Lopetegi "Real" bilan sirli muzokaralar sabab shundoqqina turnir boshlanishidan oldin istefoga chiqartirildi. Jamoani esa uning yordamchisi Fernando Yerro qabul qilib oldi, ammo u jamoani 1/8 finaldan o'tkaza olmadi.



Enrike o'sha paytda bu joy uchun yaqqol nomzod edi, ayniqsa u bilan birga raqobat qilganlarni hisobga olganda: Michel Gonsales ("Sevilya", "Marsel" va "Malaga"ning sobiq ustozi, o'sha paytdagi terma jamoa o'yinchilari uchun favorit), Albert Selades ("Valensiya"ning sobiq ustozi), Rafa Benites va Kike Seten ("Betis" va "Barselona" sobiq ustozi).


Enrike ikki yillik shartnoma imzolagandi, ammo 8 oy o'tib 2019 yilning martida shaxsiy sabablarga ko'ra termani tark etishga majbur bo'ldi. Uning qizi Ksana og'ir kasalga uchradi: unga osteosarkoma – suyak saratoni tashxisi qo'yildi va Enrike qizi bilan birga bo'lish uchun terma jamoani tark etdi. Ksana esa besh oy davomida kasallik bilan kurashdi, ammo 2019 yilning 29 avgustida 9 yoshida vafot etdi.

Luis Enrike tragediyadan bir necha oy o'tib o'ziga keldi va o'sha yilning noyabr oyi o'rtalarida Ispaniya terma jamoasiga qaytdi. Qaytish g'alati chiqdi, bunga Enrike martda ketganidan so'ng uning yordamchisi Robert Moreno jamoani boshqargani sabab bo'ldi. U mart oyining oxiridan noyabr oyining o'rtalariga qadar jamoani boshqargan va terma jamoani Evro-2020ga olib chiqqandi.

Ispan OAV Enrike va Moreno o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganini yozdi: birinchisi Moreno noyabrda terma jamoani tark etishni va Luis Enrikega o'rinni berishni xohlamaganini shubha qildi, garchi Moreno Enrike qaytsa bosh murabbiylikdan ketishga tayyorligini ommaviy ravishda malum qilgan bo'lsa ham. Barchasi baribir Luis Enrikening yana Ispaniya terma jamoasida murabbiy bo'lishi, ammo Roberto Morenodan qutulishi bilan yakunlandi: u bilan hatto yordamchi sifatida shartnomani uzaytirishmadi.

Ispaniya Enrike qo'l ostida Evro-2020da yarim finalga qadar bordi va unda bo'lajak chempionlar bo'lmish Italiya (1:1, penaltilar seriyasida italyanlarga omad kulib boqqan)ga yutqazishdi. Ispanlar pley-offdagi ketma-ket uchta o'yinda qo'shimcha vaqtlarni o'tkazishgan bo'lsa ham, raqibdan yaxshiroq harakat qilishdi va ispan murabbiyining jamoasini ko'plar maqtadi.



Bundan tashqari Millatlar ligasining final bosqichiga ikki bor chiqish bo'ldi (bittasida – finalda Franciya terma jamoasidan mag'lubiyat. ikkinchisi 2023 yilning iyunida o'ynaladi).

Ispaniya Qatardagi JCH-2022da yana 1/8 finalda penaltilar seriyasidan omadsizlikka uchramoqda: endilikda Marokashdan. Luis Enrike o'yindan oldingi navbatdagi strimda shunday dedi: "Umid qilamanki, biz yana ko'rishamiz, ammo bu yuz bermasa, har qanday holatda ham hayot davom etadi. Agar Marokashga yutqazsak, bu mening oxirgi strimim bo'lar, ammo bunday bo'lmasligiga umid qilaman".

Ushbu strim so'nggisi bo'ldi.


Enrike jamoasi haqida sharhlar: tarkibni yoshartirgani uchun maqtovlar, o'zini tanqid qilmasligi uchun yomonlashdi


Luis Enrikening Ispaniya terma jamoasidagi shonsiz yakuniga qaramay, uning faoliyati turlicha baholanmoqda.

Masalan, Ispaniyaning AS mediasi murabbiyni qo'llab-quvvatladi va Enrike yana ispan muxlislarini terma jamoa uchun jon kuydirishlariga majbur qila oldi deb yozdi. AS quyidagi sabablarni keltildi: 

• Enrike jamoani yoshartirdi. Enrike JCH-2018dan so'ng termani qabul qilib olganda, Ispaniya eng yoshi katta jamoa edi: o'rtacha yosh 28dan yuqori. Ispaniya Qatardagi JCHga o'rtacha 25dan sal yuqoriroq yosh bilan eng yosh jamoalar ro'yxatida uchinchi o'rinni egalladi.

• Luis Evro-2008, Evro-2012 va JCH-2010dagi g'alabalardan so'ng ro'y bergan pasayishdan so'ng eng zo'r natijalarni qayd etdi.

• Enrike bosimni o'ziga oldi, futbolchilarni himoya qildi va jurnalistlarning hujumlarini qaytardi. Jumladan, bunga JCH-2022 oldidan va turnir paytida Twitch'dagi shov-shuvli strimlari orqali erishdi.



• Luis Enrike Ispaniya terma jamoasiga singdirgan tiki-taka tabiiy ko'rindi.

Albatta, tanqidlar ham etarli. Ispaniyalik sobiq himoyachi Michel Salgado Marca bilan suhbatda murabbiyni qattiq tanqid qildi: "Enrike natija emas, o'yindagi harakatlar muhim dedimi? Umrbod tortishish mumkin, ammo natijasiz murabbiy hech kimga kerak emas".

Ispan yozuvchisi Xuan del Val El Hormiguero'dagi efirda muammoni boshqa narsada ko'rdi: "Enrike o'zini-o'zi tanqid qilmaydi. U doim o'zini futbolni hammadan ko'ra yaxshi tushunadigandek matbuot va muxlislarga qarshi qo'yadi. Yaxshi yoki yomon murabbiyligidan qatiy nazar, uning asosiy kamchiligi mag'rurligi, shuningdek milliy jamoa va muxlislar orasida yaratgan masofasida deb bilaman".

Sport eksperti Pako Gonsales El Chiringuito dasturida tarkibni noto'g'ri tanlash va hatto qarindosh-urug'chilik haqida gapirdi: "Munosib o'yinchilar turnirga yo'l olishmadi: Mikel Merino, Serxio Kanales... U maydonga tushirishni niyat qilmagan futbolchilarni olib kelgan, sababi boshqalarni chaqirganda, ularga nega asosiy tarkibga chiqmayotganlarini tushuntira olmasdi. Unda B reja yo'q. Strim o'rniga g'oyalarini tushunib olish uchun Franciya, Braziliya, Argentina va boshqa termalarni o'yinini ko'rishi mumkin edi".

El Chiringuito boshlovchisi Xosep Pedrerol esa "Hozirda biz butun dunyoga masxara bo'lyapmiz" dedi.


Enrikening o'rniga kim? Allaqachon zaxira topilgan


O'sha kuniyoq Ispaniya terma jamoasiga so'nggi yillarda ispan yoshlari bilan ishlagan 61 yoshli Luis de la Fuente tayinlandi.



U yoshlar bilan ko'plab sovrinlarni yutgan: 2015 yilda Ispaniya U-19 bilan Evropa chempionatini olgan, 2018 yilda Ispaniya U-18 bilan O'rta er dengizi o'yinlarida oltin medalga ega chiqqan, 2019 yilda esa U-21 termasi bilan Evropa chempionatini yana o'ziniki qilgan.

De la Fuente Ispaniya olimpiya termasini ham Tokio-2020ga olib borgan va jamoa finalda Braziliyaga imkoniyatni boy bergan.

Endi u o'zini milliy terma jamoa bosh murabbiyligida sinab ko'radi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика