So’nggi yangiliklar

09:15Ямал тарихга кирди  0 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  7 08:09Месси Дембелени табриклади  4 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  3 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  115 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  13

Ispaniya chempionati o'yinlarida muxlislar stadionlarga qaytishlari mumkin Yangiliklar

Ispaniya chempionati o'yinlarida muxlislar stadionlarga qaytishlari mumkin

Ispaniya chempionati rahbariyati koronavirus pandemiyasi tasiri bilan o'tayotgan musobaqani o'tkazish reglamentiga o'zgartirishlar kiritishni tayyorlab qo'ydi.

Loyihaning bosh maqsadi qisman muxlislarni stadionga qaytarishdan iborat. Buning uchun ular o'yinlarga tushish uchun majburiy ro'yxatdan o'tishlari kerak. Muxlislar o'yinlarga kichik guruh bo'lib kirishlari mumkin bo'ladi, albatta bundan oldin ularning tana haroratlari o'lchanadi. Agar biror odamning harorati 37,5dan oshgani malum bo'lsa, u o'yinga qo'yilmaydi. Muxlislar stadionga niqob taqib borishlari kerak, o'yin boshlanishidan oldin styuardlar ularga ikki shishadan suv berishadi.

La Liga prezidenti Xaver Tebas anchadan buyon muxlislarning joriy mavsum so'nggiga qadar o'yinga tushishlariga umid qilayotgandi. Yakuniy qaror esa hukumat tomonidan qabul qilinadi.

"10 yoki 15 kun ichida biz muxlislarni stadionlarga qaytarish to'g'risida hukumat bilan kelishuvga erishamiz. Albatta, o'yingohlar to'lmaydi, ammo 10-15 foizini to'ldira olsak, biz bundan juda xursand bo'lardik", - deydi Tebas.

Ispaniya koronavirus avj olgan mamlakatlardan biri edi, ammo so'nggi haftalarda vaziyat yaxshi tarafga o'zgarib, yangi chalinganlar soni keskin kamaymoqda.

Eslatib o'tamiz, La Ligada chempionlik uchun kurash avjida. "Barsa" va "Real" 30 turdan so'ng 65 ochkodan egallagan holda jadvalni boshqarishmoqda.


→ La Liga qaytish sharafiga butun dunyo bo'ylab graffiti tashkil qildi: Benzema - Qobulda, Messi - Balida, Grizmann esa Parijda 

→ Virtual fanatlar va intershum. Kecha La Liga o'yini Bundesligadan ko'ra ancha jonliroq ko'rindi 


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика