So’nggi yangiliklar

20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  0 19:40Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  7 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  8 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  2 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  2 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  1

Ispaniya chempionati, 24-tur. Benzema va Ronaldoning gollariga "Real"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 24-tur. Benzema va Ronaldoning gollariga "Real"ga g'alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Elche" - "Real" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
Ispaniya chempionati, 24-tur.

"Elche" - "Real" 0:2

"Manuel Martinez Valero".

Gollar
: Benzema (56), Ronaldo (69).

"Elche"
: Titon, Roko, Albakar, Suares, Lomban, Niges (Rodriges, 64), Pashalich (Galves, 75), Rodriges, Fajr, Gonsales (Errera, 81), Jonatas.

"Real"
: Kasilyas, Karvaxal, Varan, Pepe, Marselo, Isko (Arbeloa, 88), Lukas Silva (Ilyarramendi, 84), Beyl, Kroos, Benzema (Xese, 90), Ronaldo.

Ogohlantirishlar
: Albakar (24), Marselo (38), Jonatas (40), Niges (52), Roko (71).


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                              YANGILASH

- "Elche" - "Real" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
Isko maydonni tark etdi. Uning o'rniga Arbeloa uchrashuvni davom ettirib qo'yadi.


87`
"Elche" Kasilyas darvozasi oldida xavf solishni istamoqda. Ammo ularning bu rejasi ish bermayapti. "Real" himoyachilari ancha ishonchli himoyalanishmoqda.


84`
"Real"da o'zgarish. Lukas Silvaning o'rniga Ilyarramendi tushirildi.


82`
"Elche" hujumga o'tgandi. Lekin ularning kam sonli hujumlaridan biri ham yakunlanmay qoldi.


80`
O'yin surati past. To'p "Real" nazorati ostida. "Elche" qarshilik ko'rsata olmayapti.


78`
"Real"ning hujumi. Toni Kroos darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.


75`
O'yin "Real"ning katta ustunligi ostida o'tmoqda.


73`
Krishtiano Ronaldo jarima to'pidan kuchli zarba yo'lladi. Mo'ljalda biroz adashdi.


72`
Ronaldoga nisbatan qoida buzildi. Jarima to'pi.


71`
Uchrashuv taqdiri deyarli hal etildi. Qolgan daqiqalar shunchaki rasmiyatchilik bo'lishi mumkin. "Elche" oldingi chiziqda juda kamtar ko'rinmoqda.


69` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL RONALDO! Iskoning qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Ronaldo boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:2!


68`
Ronaldo ajoyib pas bilan Beylni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Lekin Garet Beylning vaziyatni cho'zib yubordi va Ronaldo unga yordamga oshiqdi. Beylning Ronaldoga uzatib bergan to'pini Krishtiano darvozaga yo'llay olmadi.


66`
Garet Beylning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


65`
"Elche" himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichidan to'pni qaytarguncha qo'lini ishga solib yubordi. Hakam buni etibordan chetda qoldirdi.


63`
Krishtiano Ronaldoning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Titon ushlab oldi.


61`
"Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi.


60`
"Elche" bosh murabbiyi maydonga hujumchini tushirmoqchi.


58`
"Elche" endi o'zining ikkinchi rejasini amalga oshirishga harakat qilib ko'radi. Ular endi etiborni hujumga ham qaratib turishlari lozim.


56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMA! "Real"ning bu safargi hujumi samarali yakun topdi. Ronaldo qanotdan kirib bordi va to'pni jarima maydonchasi ichiga erlatib uzatdi. To'p avvaliga himoyachiga, keyin darvozabonga tegib Benzemaning oyoqlari ostiga tushdi. Benzema esa bir metr masofadan bo'sh qolgan darvozaga to'pni joylab qo'ydi, 0:1!


56`
"Elche" juda yaxshi himoyalanmoqda.


55`
Iskoning darvoza tomon yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.


54`
Jarima zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Lekin samarasiz.


53`
Hakam bu vaziyatda Nigezni bemalol maydondan chetlatishi ham mumkin edi. Lekin sariq kartochka bilan cheklanib qoldi.


52`
Uhhh! Garet Beylga nisbatan juda qo'pol harakat! Uelslik futbolchi maydonda yotibdi...


51`
"Real" to'pni o'z nazoratiga oldi.


50`
Karim Benzema yana offsaydga tushib qoldi. Raqib himoyachisi esa uning oyog'iga sekingina tepib ketdi.


49`
"Elche" burchak to'pini ham amalga oshirishga ulgurdi. Biroq "Real" himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi harakat qilishdi.


48`
"Elche"ning xavfli hujumi! Kasilyas bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirmoqda.


47`
"Elche" ikkinchi bo'limni birinchi taymdan ko'ra ancha faol boshladi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda. "Real"ning bu safargi hujumini ham mezbonlar himoyasi bartaraf etmoqda.


44`
"Real" pozicion hujum qilmoqda.


43`
"Elche" hujumda harakat qildi va darvoza tomon zarba yo'llandi. Noaniq.


42`
O'yin davom etadi...


41`
Xesus hakam tomonidan ogohlantirildi.

40` Super-gol! Karim Benzema!
Lekin laynsmen bu vaziyat o'z bayroqchasini ko'tarib qoldi va chiroyli golni bekor qilmoqda. Karim Benzema Beylning to'p oshirishidan so'ng "chalqancha" uslubda raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Biroq gol inobatga olinmadi. Men sizga aytsam, bu offsayd ancha bahsli. Takroriy lavhada Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketgani yaqqol ko'rinmadi.


39`
"Elche" futbolchilari asta-sekin hujumga o'tishmoqda.


38`
Marselo maydon markazida to'pni qo'li bilan o'ynadi va hakat unga sariq kartochka ko'rsatdi.


37`
"Real" tanaffusgacha gol kiritmasa ikkinchi bo'limda yanada qiynalib qolishi aniq. "Elche" bor etiborini himoyaga qaratgan va hujum haqida o'ylayotgani ham yo'q. Ikkinchi bo'limda esa qarshi hujumda imkoniyatga ega bo'lishi ham mumkin.


35`
Birinchi bo'limning ikkinchi yarmi ham yakunlanib qoldi. Lekin goldan darak yo'q.


34`
Garet Beyl yana o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


33`
Pepe o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilishda biroz xatolikka yo'l qo'ygandi. Biroq himoyachi o'z xatosini tezda tuzatdi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfni oldini oldi. Aks holda "Elche" o'zining dastlabki imkoniyatiga ega bo'lardi.


32`
Bu orada Garet Beyl va Ronaldo nimalarnidir o'zaro gaplashib olishdi.


31`
Varan maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatiladi.


29`
"Elche" jarima to'pini amalga oshirdi. Kasilyas bu vaziyatda hammadan ildamroq harakat qildi va to'pni ushlab oldi.


27`
O'yin mezbonlarning jarima maydonchasi atrofida kechmoqda.


25`
Toni Kroosning jarima zarbasidan etkazib bergan to'pini Ronaldo boshi bilan darvozaga yo'naltirmoqchi bo'ldi. Biroq to'p ancha noaniq o'tib ketdi.


24`
Albakar Garet Beylga nisbatan qoidani buzdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


23`
"Elche" futbolchilarida oldingi chiziqda ijodkorlik etishmayapti. To'pni raqibdan olishlari bilanoq yana uni raqibga topshirib qo'yishmoqda.


21`
"Elche" qarshi hujumda harakat qilib ko'rmoqchi bo'ldi. Ammo ularning bu rejasi ish bermadi. Yani hujumni rivojlantirishda mezbonlarga aniqlik etishmadi.


19` Xavfli vaziyat!
Krishtiano Ronaldo ajoyib vaziyatni ko'kka sovurmoqda! Garet Beyl o'z qanotidan kirib bordi va to'pni Ronaldoning oyoqlari ostiga tashlab berdi. Biroq Ronaldo yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'llay olmadi.


18`
Marselodan jarima maydonchasi ichiga turgan Beyl tomon ajoyib to'p uzatilishi! Garet Beyl mo'ljalda adashdi. Aks holda uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi...


17`
O'yin tezligi biroz pasaygandek. Bu "Elche" uchun ancha foydali.


15`
Kuchli zarba va Titon yana o'zini ko'rsatmoqda. Ronaldo chamasi 22 metrlar masofadan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'lgandi. Biroq "Elche" posboni Titon o'z o'rnida!


14`
"Real" katta ustunlik bilan o'ynamoqda. Lekin bir qator vaziyatlar yaratilganiga qaramasdan, o'yinda hisob ochilganicha yo'q.


12`
"Elche" hozirda to'pni o'zida his etishga ham ulgurgani yo'q. Ular himoyalanish bilan bandlar.


11`
Xavfli vaziyat! Garet Beyl va keyinchalik Ronaldo Titonni yaqin masofadan ketma-ket dog'da qoldira olishmadi. Titon shunchaki fantastik tarzda harakat qildi. Kamiga laynsmen uyoqda o'z bayroqchasini ko'tarib, offsaydni qayd etgan ekan.


10`
O'yin nihoyat maydon markaziga ko'chgandek bo'lgandi. Biroq "Real" futbolchilari tezkorlik bilan raqibni yana o'z jarima maydonchasi ichida qurshovga olishmoqda.


9`
"Real" tezkor gol urishga qattiq bel bog'lagan ko'rinadi. Bu safar Ronaldo raqib darvozasiga xavf soldi. "Elche" himoyachilari bir amallab to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishga harakat qilishmoqda.


7`
Karim Benzema dastlabki daqiqalardanoq o'z faolligi bilan ajralib turibdi. Aynan shu futbolchi hozirda "Elche"ga katta muammolarni keltirib chiqarmoqda.


6`
"Real"ning burchak to'pi xavfli chiqmadi. Mezbonlar bu standart vaziyatini o'z foydalariga hal etishdi.


5` Xavfli vaziyat! RONALDO!
"Real"ning hujumi xavfli tus oldi. Karim Benzema ikki himoyachini ortda qoldirdi va to'pni Ronaldoga uzatdi. Portugaliyalik futbol yulduzi jarima maydonchasi ichida bir futbolchini aldab o'tib, to'pni aylantirib darvozaga yo'lladi. Bu vaziyatda "Elche"ni darvoza ustuni goldan saqlab qoldi.


4`
"Real" raqib darvozasini ishg'ol etishga ulgurdi. Biroq Beyl kiritgan gol inobatga olinmadi. Sababi, uelslik futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.


3`
Madridning "Real" jamoasining dastlabki hujumi ko'ngildagidek bo'lmadi. Hujum yakuniga etmay uzilib qolgandi. "Elche" dastlabki daqiqalardan boshlab himoyaviy o'yin uslubini qo'llamoqda. Bu tabiiy holat.


2`
"Real" futbolchilari to'p bilan muomalada bo'lishmoqda va asta-sekin raqib jarima maydonchasi tomon "ov"ga o'tishmoqda...


- O'YIN BOSHLANDI!


- "Manuel Martinez Valero" stadioni muxlislar bilan liq to'lgan va muhim alo darajada!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 24-tur uchrashuvi "Elche" hamda "Real" o'rtasidagi bahsdan matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


O'yinni saytimiz hamkori aleziya.com sayti orqali jonli efirda tomosha (Video TAS-IX hududida) qilishingiz mumkin.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика