So’nggi yangiliklar

13:09Тен Хаг Амрабат "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкинлигини айтди  0 13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  0 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  2 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  3 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  4 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  1 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  5 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  4 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4

Ispaniya chempionati, 17-tur. "Valensiya"dan irodali g'alaba yoxud "Real" rekordini yangilashni to'xtatdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 17-tur. "Valensiya"dan irodali g'alaba yoxud "Real" rekordini yangilashni to'xtatdi

Ispaniya chempionati 17-turning markaziy bahsini ushbu sahifa orqali matnli onlayn tarzida kuzatib boring.

Ispaniya chempionati, 17-tur.

"Valensiya" – "Real" 2:1

Mestalya.

Gollar: Ronaldo (14-penalti), Barragan (52), Otamendi (65)

"Valensiya": Alves, Barragan (Feguli, 73), Mustafi, Otamendi, Orban, Peres, Parexo, Gomesh, Pyatti (Gaya, 24), Negredo (Rodrigo, 80), Alkaser.

"Real"
:  Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Pepe, Marselo, Isko, Xames (Xese, 71), Beyl (Xedira, 71), Kroos, Benzema (CHicharito, 80), Ronaldo.
Ogohlantirishlar: Gaya (24), Peres (29), Mustafi (33), Isko (39), Alkaser (42), Parexo (44), Orban (59), Karvaxal (63).                    

                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                              YANGILASH


"Valensiya" - "Real" o'yinidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha! Etiboringiz uchun tashakkur!

- "Valensiya"dan irodali g'alaba!

- O'YIN TUGADI!



90+2`
Qo'shib berilgan daqiqalar davom etmoqda. "Real" hujum qilishga urinmoqda. Maydon egalari esa himoyada ishonchli o'ynashmoqda.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
"Real" standart vaziyatidan unumli foydalana olmadi.


88`
Isko- Ronaldo - CHicharito kombinaciyasi burchak to'pi ishlash bilan yakunlandi. "Valensiya" ancha ishonchli himoyalanmoqda.


87`
"Real" butun jamoa bo'lib hujumga o'tgan...


86` Diego Alvesdan "seyv"!
Marseloning jarima maydonchasiga etkazib bergan to'piga Isko zarba berdi. Ammo Alves o'z o'rnida!


85`
Toni Kroosdan ajoyib to'p uzatish. CHicharitoga esa bu vaziyatda biroz tezlik etishmadi.


83`
"Valensiya" qarshi hujumda "Real"ni jazolamoqchi bo'lgandi. Ammo Karvaxal bu vaziyatda aniq o'ynadi.


82`
"Valensiya" tarkibida ham so'nggi o'zgarish. Negredo maydonni tark etdi. Uning o'rniga Rodrigo uchrashuvni davom ettiradi.


81`
"Real" safida o'zgarish Benzma o'rniga CHicharito maydonga tushdi.


80`
Ronaldodan kuchli zarba. Diego Alves o'z o'rnida!


79` Xavfli vaziyat!!!!!!!!!!! Serxio Ramos!!!!!!!!!!!!!!!
Buyog'iga "Valensiya"ga omad kulib boqmoqda. Ramosni raqib futbolchilari jarima maydonchasi ichida yolg'iz qoldirishdi va Serxio boshi bilan bemalol zarba berdi. Lekin, ammo, biroq zarba noaniq ketdi...


78`
"Real" pozicion hujumda harakat qilmoqda. Ammo vaziyatlar yaratish qiyin kechmoqda.  "Valensiya" juda tartibli himoyalanmoqda.


76` "Real"ning hujumi!
Toni Kroosning to'p uzatishidan so'ng Pepeda imkoniyat bo'lgandi. Ammo himoyachining zarbasini raqib futbolchisi to'sishga ulgurdi.


74`
"Valensiya"da ham o'zgarish ruy berdi. Barragan o'z o'rnini Feguliga bo'shatib berdi.


72`
"Real"da bira-to'la ikki o'zgarish. Garet Beyl va Xames Rodrigez maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Xese va Xedira maydonga tushirildi. Tushunmadim, Xames o'ynayotgan edimi? Maydonda kolumbiyalik yulduz deyarli ko'rinmagan edi...


71`
"Real"ning tajovuzkor o'yinidan asar ham yo'q. "Valensiya"da esa aksincha...


70`
Garet Beyl o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasi ichiga oshirib berdi. Iskoning zarbasi va to'p Alvesning qo'liga borib tushdi.


69`
"Real"ning rekordi "Mestalya"da to'xtaydimi? Uyg'on, "Real"! Qani Ronaldo? "Real"ga etakchilar xizmati juda zarur.


68` XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!
"Valensiya"dan hujumlar yomg'iri davom etadi!! Barragan?! Ajoyib imkoniyat! Barragan qulay vaziyatni ko'kka sovurmoqda. Zarbaga birozgina aniqlik etishmadi.


66`
"Valensiya" katta kuch bilan o'ynayotgani sezilib turibdi. "Real" hozircha ularga qarshi chora topishga qiynalmoqda. Bugun "Valensiya" raqibiga nisbatan yaqqol chiroyli va kuchliroq o'ynayotganini alohida takidlab o'tish joiz.


65`
Serxio Ramos ham Otamendiga qarshi ikkinchi qavatda imkoniyatni boy berdi. Buyog'i endi yanada qiziqarli kechishi aniq. Kuzatamiz.


65` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OTAMENDI! Burchak to'pidan Parexo oshirib bergan to'pni Otamendi boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 2:1!



63`
Gaya "Real" himoyachilarini ancha sarson qilmoqda. Karvaxal unga qarshi duelda qoidani buzishga majbur bo'ldi va hakam tomonidan ogohlantirildi.


61`
Krishtiano Ronaldodan noaniq zarba.


60`
"Valensiya" himoyachisi Orban ham hakam tomonidan ogohlantirildi.


59` UHHHHHHHHHHHHHHHHH! Nimalar yuz bermoqda? "Real" belgilangan jarima zarbasini hakam xushtagisiz boshlab ketdi va Beyl darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi. Ammo Diego Alvesni dog'da qoldirish mehmonlar vingeriga nasib etmadi.



58`
To'p uchun kurashda Garet Beyl va mezbonlar darvozaboni Diego Alves to'qnashib ketdi. Uelslik futbolchi qoida zid ravishda o'ynaganini Xesus Gil takidlab o'tdi.


56`
Ronaldo o'zining etakchilik xususiyatini ishga solishi lozim. "Real" to'pni o'z nazoratiga oldi. Endi oldinga harakatlanish boshlanmoqda.


55` Tan olish kerak, "Valensiya" ushbu golga loyiq o'yin ko'rsatayotgandi va nihoyat o'z niyatiga erishishdi. Endi "Real" vaziyatni o'z tomoniga og'dirish uchun oldinga intilsa kerak. Madridliklar bugungi uchrashuvni "ikkinchi raqam" bilan o'tkazishayotgan edi. Balki endi vaziyat o'zgarar?



53` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BARRAGAN!
"Valensiya"ning navbatdagi hujumi samarali yakunlandi. Barragan jarima maydonchasiga kirmasdan turib darvoza tomon zarba yo'lladi, to'p esa yo'l-yo'lakay Pepega tegib darvozadan joy oldi, 1:1!


52`
"Real" ham oldinga bordi. Garet Beylning jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.


50`
"Valensiya"da yana bir imkoniyat paydo bo'lgandi. Ammo Negredoning noaniq to'p uzatishi barchasini buzib yubordi.


49`
GAya ancha faol o'ynamoqda. Maydon egalarining aksariyat hujumlari aynan Gayaning qanotidan tashkil etilmoqda.


48` "Valensiya"dan hujumlar yomg'iri!
Qanotdan rivoj olgan hujum xavfli tus olgandi. Negredo avvaliga boshi bilan zarba bera olmadi, keyinchalik Alkaser to'pni darvozaga yo'llay olmadi. Qaytgan to'pga esa Gomes kuchli zarba berdi. Birozgina noaniq.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Xavfli vaziyat! Kuchli zarba! Rikoshet, darvoza to'sini, Kasilyas!!!!!!!!!!


45`
Karim Benzemadan kuchli zarba, Alves bu vaziyatda ishonchli o'ynamoqda.

45`
Gomes Kasilyas darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rdi. Ammo Iker o'z o'rnida.


45`
Parexo ham ogohlantirishsiz qolib ketmadi. Yana bitta sariq kartochka.


44`
Pablo Alkaser jamoasining chiroyli ko'rinish olayotgan hujumini o'zining noaniq harakati bilan "uzib" qo'ydi.


43`
Pablo Alkaser ham sariq kartochka ishlab oldi.


42`
Krishtiano Ronaldodan to'pni olib qo'yish SHkodran Mustafiga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmayapti. Ronaldo bugun o'zining individual mahoratlaridan unumli foydalana olmayapti.


41` Xavfli vaziyat! Barragandan zarba!
Pepe to'p yo'liga tug'anoq bo'lmoqda va jamoasini muqarrar goldan saqlab qolmoqda.


40`
Birinchi bo'limdagi voqealar futbolga emas, ko'proq kurashga o'xshab ketmoqda...


39`
Isko maydon markazida raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Ogohlantirish.


38`
Alkaser jarima zarbasidan to'pni darvozaga to'g'ri yo'llay olmadi.


37`
"Valensiya" ishqibozlari jamoasi foydasiga nihoyat jarima zarbasi ishlab berishdi. Xesus Gil bu safar ko'zini yuma olmadi. Ishqibozlarning hayqiriqi sabab...


35`
"Real" burchak to'pi tepdi. Jarima maydonchasi ichida esa Negreda va Ramos to'qnashib ketishdi. Ramos tizzasi bilan Negredoning beliga urilib ketdi. Bu albatta kamida sariq kartochka.


34`
Krishtiano Ronaldoning zarbasini himoyachi boshi bilan juda chiroyli qaytarib yubordi.


33`
Maydon egalari jarima maydonchasi oldidan yana bir jarima zarbasi belgilandi. Ronaldoga qarshi o'yin qoidasi buzildi deb topdi Xesus Gil.


32`
Futbolchilar bir-birlariga qarshi juda keskin tarzda harakat qilishmoqda. Bu safar Toni Kroos aziyat chekdi. Xesus Gil o'yin tizginini o'z qo'lidan chiqarib yubordi.


31`
Uchrashuvda ko'rinish bermayotgan Pablo Alkaserdan nihoyat darvoza tomon zarba. Noaniq.


30`
"Real" burchak to'pini amalga oshirdi. Ammo bundan naf chiqmadi.


29`
Bugun debyutini o'tkazayotgan Enco Peres ham hakam tomonidan ogohlantirish oldi.


28`
Xesus Gilning qabul qilayotgan har bir qarorlari "Valensiya"ga qarshi ishlamoqda. Bu esa "Mestalya"ga kelgan muhlislarga yoqmayapti.


26` Xavfli vaziyat! Krishtiano Ronaldo! Ajoyib imkoniyat!
Ronaldo jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va bir urinishda Alvesni aldab o'tdi. Biroq bo'sh qolgan darvozani ikki metr masofadan ishg'ol eta olmadi. Haa, bu vaziyatdan foydalana olmaslik ham bir mahorat sanaladi. Gol urmaslikdan ko'ra, gol urish osonroq bo'lgan vaziyatdan gol ura olmaslik ham katta sanat.


25`
Gaya maydonga tushishga ulgurmay hakam tomonidan ogohlantirildi. Xesus Gil undan beso'roq maydonga tushgani uchun Gayani jazoladi.


24`
Pyattining o'rniga Gaya maydonga tushirildi.


23`
Maydon egalari tarkibida majburiy o'zgarishni ko'ramiz shekilli. Pyatti jarohat oldi.


22`
Belgilangan jarima zarbasini amalga oshirgan Ronaldoning zarbasini Diego Alves ushlab oldi.


21`
Uchrashuv bosh hakami Iskoga qarshi qo'pollik ishlatildi deb topdi. Bundan soniya avval esa Isko raqibiga qarshi ham qoidani buzgandi. Biroq hakam u vaziyatni etibordan chetda qoldirdi.


19`
O'yin surati ancha pasaydi.


17`
Ronaldo himoyachilarni aldashga kirishib ketdi. Lekin uning bu harakatlarini himoyachilar ustalik bilan payqashdi va to'pni undan olib qo'yishdi.


16`
"Valensiya" vaziyatni o'nglash uchun oldinga intilmoqda.


15`
"Valensiya" himoyachisining jarima maydonchasi ichidaga betartib o'yini jamoasi uchun qimmatga tushdi.


14` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! Krishtiano Ronaldo yangi yilni penaltidan urilgan gol bilan boshlamoqda.


13` PENALTI!
Toni Kroosning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Beyl boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p esa yo'l-yo'lakay himoyachining qo'liga tegdi.


12`
Garet Beylga qarshi qo'pollik ishlatildi. Jarima zarbasi. Toni Kroos to'pni jarima maydonchasiga oshirib berishga hozirlik ko'rmoqda.


11`
Toni Kroos xatoga yo'l qo'ygandi. Biroq Gomesning Parexo tomon oshirib bergan to'pi ham Iskoning uzatmasiga o'xshab ancha kuchli chiqdi va futbolchi to'pga etib kela olmadi. 


10`
Isko maydon markazidan Beyl tomon to'pni oshirgandi. Lekin uzatma biroz kuchliroq chiqdi va uelslik futbolchi to'pga etib bora olmadi.


8`
Gomes va Piattining o'ylagan kombinaciyasi ish bermadi. "Real" himoyachilari hozircha ishsiz qolishmayapti.


7`
Gomes "Real" jarima maydonchasi atrofida Pepega nisbatan o'yin qoidasini buzdi.


5`
"Real" to'p nazoratini o'z qo'liga olib, uchrashuv suratini biroz tushirishga harakat qilmoqda.


4`
Maydon egalari ancha faol. Serxio Ramos darvozasi oldida yuzaga kelgan xavfni o'z vaqtida bartaraf etishga erishdi.
 

3`
"Valensiya" posboni Diego Alves jarima maydonchasi tashqarisida ikki bor ketma-ket Manuel Noyer uslubida o'ynadi.


2`
"Valensiya" o'yinni qanot orqali hujum tashkil etish bilan boshlagandi. Ammo poytaxtliklar himoyasi ishonchli o'ynadi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!



"Valensiya" tarkibida bugun "Benfika"dan kelib qo'shilgan Enco Peres debyut qiladi. Serxio Ramos ham asosiy tarkibda. Karlo Anchelotti o'ylab-o'ylab oxiri tavakkal qilishga majbur bo'lgan ko'rinadi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari va Ispaniya futboli shaydolari! Ispaniya chempionatining 17-tur doirasidagi "Valensiya" hamda "Real" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.



- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика