So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Ispaniya chempionati, 13-tur. "Barselona" so'nggi soniyalardagi gol evaziga g'alaba qozondi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 13-tur. "Barselona" so'nggi soniyalardagi gol evaziga g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Valensiya" - "Barselona" uchrashuvi translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Ispaniya chempionati, 13-tur.

"Valensiya" - "Barselona" 0:1

Mestalya

Bosh hakam: David Fernandez Borbalan.

Gol: Buskets (90)

"Valensiya": Diego Alves, Mustafi, Barragan, Otamendi, Parexo (Filipe, 84), Fuego, Gosmes, Gaya, Negredo (Alkaser, 82), Feguli, Machado (De Paul, 72).

"Barselona": Bravo, Pike, Maskerano, Alba, Alvesh, Mate (Rakitich, 68), Buskets, Xavi (Rafinya, 80), Suarez (Pedro, 80), Messi, Neymar.

Ogohlantirishlar: Mate (8), Barragan (20), Pike (20), Mustafi (27), Alba (29), Rodrigo (70)

                                MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH


"Barselona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Doimo sog' va salomat bo'ling, Aziz futbol ihlosmandlari! Keyingi bellashuvlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BUSKETS!!!!!!!!!!! Messining oshirib bergan to'pini Neymar boshi bilan darvozaga yo'lladi. Diego Alves fantastik tarzda zarbani qaytardi. Qaytgan to'pni esa Buskets darvozaga yo'lladi, 0:1.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` Goldan darak yo'q. Uchrashuvning asosiy vaqti tugab bormoqda...


88` "Barselona" gol urish maqsadida oldinga intilmoqda...


86` Golli vaziyatlar sodir etilmayapti. To'p bilan ko'proq "Barselona" futbolchilari muomalada bo'lishmoqda. Ammo raib jarima maydonchasi ichiga kirishga qiynalishmoqda.


84` Parexo ham maydonni tark etdi. Majburiy o'zgarish. Filipe uning o'rniga maydonga tushdi.


83` "Valensiya" safida o'zgarish. Negredo maydonni tark etdi. Francisko Alkaser uning o'rnida harakat qiladi.


82` Messining jarimadan tepgan zarbasi "jonli devor"ga tegib maydonni tark etdi.


81` Xavi o'ringa Rafinya, Suarez o'rniga esa Pedro maydonga tushirildi.


80` Har ikkala jamoada ham almashishlar kuzatilmoqda.


79` Luis Suarezga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi.


78` Ajoyib vaziyat! Negredo hisobni ochish uchun imkoniyatga ega bo'lgandi. Uning kuchli zarbasini Bravo qaytardi. Bravo!


77` "Barselona" o'z uslubidagi hujumlarni tashkil etishda oqsamoqda. "Valensiya" himoyasi bugun ularga umuman imkon qoldirmayapti.


75` To'p uchun kurash tobora keskinlashib ketmoqda.


73` "Valensiya" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Rodrigo o'z o'rnini De Paulga bo'shatib berdi.


72` Takroriy lavhada shu narsa aniq bo'ldiki, Suarez gol kiritgan vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lmagan ekan. Ammo hakam qaror chiqarib bo'ldi.


71` Xavfli vaziyat!!!! Feguli!!!!!!!!!! Klaudio Bravo jamoasini goldan qutqarib qolmoqda!


70` Rodrigo hakam tomonidan ogohlantirildi.


69` "Barselona" safida o'zgarish bo'ldi. Mate o'rniga Rakitich tushirildi.


69` GOL! Suarez! Ammo bu gol inobatga olinmadi. O'yindan tashqari holat deb hisobladi yon hakam.


67` Hujumlar qani, hujumlar?


66` Neymar uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


65` Jamoalar darvozalarsiz o'ynayotgandek guyoki...


64` "Valensiya" gol urdi. Ammo ungacha hakamning xushtagi yangragan edi.


62` "Barselona"ning navbatdagi hujumi naf bermadi.


61` Dani Alvesh offsaydda qolib ketdi.


60` Mustafi!!!! "Barselona" jarima maydonchasi oldida kichik "yong'in" bo'lib o'tdi. SHkodran Mustafi sal bo'lmasa hisobni ochishga yaqin kelgandi.


59` Diego Alves Suarezga gol urish uchun imkoniyat yaratib berdi. Ammo Suarez ushbu imkoniyatda unumli foydalana olmadi. "Valensiya" posbonining xatosi jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi.


57` "Barselona" burchak to'pini amalga oshirdi. Luis Suarezning bosh bilan bergan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.


57` Umuman olganda, Negredo ko'rinmayapti. Bu gapni Messi va Neymarga qarshi ishlatish ham mumkin.


55` Negredo to'pni boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'yishi mumkin edi.


54` Hisob o'zgarmagan. To'p "Barselona" futbolchilarida. Navbatdagi hujum tashkil etilmoqda.


52` Hammasi iziga tushdi. Davom etamiz...


50` Texnik nosozliklar... Efir uzilib qoldi.


48` Aytarli o'yinda yangiliklar yo'q. Jamoalar hozircha kurashni maydon markazida olib borishmoqda.


47` "Valensiya" ikkinchi taym hujum bilan boshlamoqchi bo'ldi. Ammo ularni rejasi amalga oshmay qoldi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!


45` "Valensiya" chiroyli va tezkor qarshi hujumni tashkil etdi. Sal qolsa mezbonlar tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan yo'l olishlari mumkin edi.


44` "Barselona"ning maqsadsiz uyushtirgan hujumi besamar ketdi.


43` O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. Xavfli vaziyatlar u qadar ko'p yuzaga kelmayapti.


42` Messi - Neymar - Suarez "uchligi" hozircha o'z samarasini bermayapti. "Valensiya" himoyasi ularni ishonchli qo'riqlamoqda.


41` So'nggi besh daqiqa ichida Diego Alves ishsiz qolmoqda. To'p asosan mezbonlarda va ular hujum qilishga intilishmoqda.


40` "Valensiya"ning hujumi. Feguli boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin Pike bu vaziyatda aniq harakat qildi.


39` "Valensiya" o'z imkoniyatlarini tezkor qarshi hujum orqali izlamoqda.


37` Messi va Buskets bir-birini yaxshi tushunmadi va natijada hujum uzilib qoldi.


36` Klaudio Bravo darvozasi tomon uzoqdan zarba yo'llashdi. Biroz noaniq. Kamiga Bravo zarbani qaytarishga tayyor edi.


35` Luis Suarez o'yindan tashqari holatda qolib ketganini laynsmen malum qildi.


34` "Barselona"ning uzoq o'ylagan hujumi Dani Alveshning to'p yo'qotishi bilan yakunlandi.


32` Uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tmoqda. Endi Dani Alvesh qo'pol o'ynadi. Borbalan bu safar cho'ntagini kovlamadi.


31` Jarima maydonchasi tomon erlatib uzatib berilgan to'pga Parexo zarba berdi. Xavfli, ammo noaniq chiqdi.


30` "Valensiya" endi hujum qilmoqda. Burchak zarbasi.


29` Aytdimku, Borbalanga tinim bo'lmayapti. Feguli endi maydonda yotibdi. Xordi Alba nohaq deb topildi va unga sariq kartochka ko'rsatildi.


28` Muxlislar va futbolchilarni bilmadim-u, ammo hozircha hakam zerikib qolmayapti. Unga maydonda futbolchilar etarlicha "ish" topilmoqda.


27` SHkodran Mustafi qo'pol o'ynadi. Haqli ogohlantirish.


25` "Barselona" hududiy ustunlikka ega.


24` Haligi janjalda nima bo'ldikan debman. Klaviaturani taqillatguncha janjal, to'polon bo'lib qolganiga Suarez yana birortani tishlab olibdimi debman...


23` "Barselona" ushbu standart vaziyatidan unumli foydalana bilmadi.


22` Pike va Barragan hakam tomonidan ogohlantirish olishdi.


22` Demak burchak to'pi.


21` Hozircha tushunarsiz. Hakam tomonidan sariq kartochkalar seriyasi...


20` Maydonda futbol emas. Urush, janjal bo'lmoqda. Hammasi Otamendining chiroyli "podkati" va Neymarning yiqilishidan boshlandi. Penalti yo'q.


19` Parexoning tepgan to'pi juda noaniq ko'rinish oldi. 


18` "Valensiya" xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi.


16` Hujumlar soni asta-sekin oshib bormoqda.


15` "Barselona" burchak zarbasidan naf chiqar olmadi.


14` Xavfli vaziyat! Luis Suarez!!!! Diego Alves!!!! Haqiqiy golga tortadigan birinchi hujum. Neymarni juda chiroyli tarzda to'pni jamoadoshi Suarezga qoldirdi. Urugvaylik hujumchi chamasi 5 metrlar masofadan Diego Alvesni dog'da qoldira olmadi. Tasanno, Diego Alves!


13` "Barselona"ning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi samarasiz yakunlandi. "Valensiya" himoyachilari va darvozaboni bu vaziyatda bexato o'ynashdi.


11` Xavfli vaziyat! Rodrigo jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi. Bravo o'z o'rnida.


9` Ushbu standart vaziyati yakunda hech nimasi bilan esda qolmadi.


8` Jeremi Mate qo'pol harakat qildi. "Valensiya" jarima zarbasini tepadi. "Valensiya"ning sobiq azosi ogohlantirish oldi.


7` Feguli to'pni o'ziga to'xtatib ola bilmadi. Jamoalar oddiy vaziyatlarda to'pni tezda yo'qotib qo'yishmoqda.


6` Endi Diego Alves chinakamiga ishga kirishdi. Markazdan jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pni darvozabon mushtlari bilan qaytarib yubordi.


5` To'p Diego Alvesning qo'ligacha etib keldi. Ammo bu zarba emas. SHunchaki noto'g'ri to'p uzatish edi.


4` Negredo jamoasining hujumini buzib qo'ydi. To'p unga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va hujum yakunlanmay qoldi.


3` Uchrashuv debyuti dahshatli startni taqdim etmadi. O'ylaymizki hali hammasi oldinda. Hozircha jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.


2` Luis Enrike shogirdlari to'pni o'z jarima maydonchalari atrofida bir-birlariga uzatib turib yangi hujum tashkil etishni rejalashtirishmoqda.


1` O'YIN BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda...


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionati shaydolarini saytimizga yaxshilab "joylashib" olishlarini so'raymiz. Birozdan so'ng Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan markaziy to'qnashuvi "Valensiya" hamda "Barselona" o'rtasidagi qiziqarli bellashuv boshlanadi. Ushbu o'yindan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Uxlab qolmaydigan muxlislar xizmatida kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика