Ispaniya bosh murabbiyi Inestaga hurmat sabab terma jamoaning JCH-2018ga tarkibini kechroq elon qilishga qaror qildi
16 may 2018 16:12
Yangiliklar
Ispaniya bosh murabbiyi Inestaga hurmat sabab terma jamoaning JCH-2018ga tarkibini kechroq elon qilishga qaror qildi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inestaga hurmat sabab terma jamoaning JCH-2018 uchun tarkibini elon qilishni 21 mayga qoldirdi.
Buni "AS" nashri tasdiqladi.
Aslida jamoaning "zayavka"sini taqdim etish 18 mayga rejalashtirilgan edi. Lekin, o'sha kuni 34 yoshli futbolchini Kataloniya klubidan kuzatish marosimi bo'lib o'tishi mo'ljallangan. Yoshlar jamoasidagi ishtirokini ham qo'shib hisoblaganda Andres "ko'k-anorranglilar" tarkibida 22 yilni o'tkazdi.
Lopetegi o'sha kuni omma va OAV etiborini Inestadan chalg'itmaslik uchun shunday qarorga kelgan. Maestro 2010 yil JARda o'tgan mundialda Ispaniyaga Jahon chempionligini keltirgan golni kiritgan.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyada bo'lib o'tadi. Ispaniya terma jamoasi "B" guruhida Portugaliya, Eron va Marokash bilan bellashadi.
Fikrlar