So’nggi yangiliklar

22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  0 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  0 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  5 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  2 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  7 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  4 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4 19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  5 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  3 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  16 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  18 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  11

Ispaniya. "Barselona" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Ispaniya. "Barselona" o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishdi

Teglar :  BarselonaAlaves
"Kamp Nou" stadionida "Barselona" o'z maydonida "Alaves"ga qarshi bahs olib bordi.

Barselona – Alaves 4:1

«Kamp Nou»

Gollar: Grizmann (14), Vidal (45), Lukas Peres (57), Messi (70), Suares (75).

Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Serdji Roberto, Alba, Alenya, Buskets (de Yong, 79), Vidal, Messi, Suares, Grizmann.

Alaves – Pacheko, Duarte, Eli, Agirregabiria, Ximo Navarro, Manu Garsiya, Aleish Vidal, Xavi Munos (Rioxa, 53), Vakaso (Xoselu, 70), Pere Pons, Lukas Peres.

Ogohlantirish: Aleish Vidal (66), Umtiti (67), Vakaso (67), Agirregabiria (74), Alba (88).

Barcelona

Antoine Griezmann - 14', Arturo Vidal - 45', Lionel Messi - 69', Luis Suarez - 75'

LaLiga . 18-tur

21/12/2019, 19:00

1
:
4
Tugadi

Deportivo Alaves

Pere Pons - 56'

Stadion: Camp Nou, 63054 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
14'  Antoine Griezmann
14'  Luis Suarez
45'  Arturo Vidal
45'  Luis Suarez
67'  Samuel Umtiti
69'  Lionel Messi
69'  Luis Suarez
75'  Luis Suarez
79'  Sergio Busquets (Frenkie de Jong)
85'  Luis Suarez (Carles Perez)
85'  Sergi Roberto (Nelson Semedo)
88'  Jordi Alba
53'  Javier Munoz (Luis Rioja)
56'  Pere Pons
56'  Ruben Duarte
66'  Aleix Vidal
67'  Mubarak Wakaso
70'  Mubarak Wakaso (Joselu)
74'  Martin Aguirregabiria
84'  Rodrigo Ely
86'  Aleix Vidal (Oliver Burke)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Valverde boshchiligidagi "Barselona" o'z maydonida yirik hisobdagi g'alabaga erishdi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. ZARBAAAAAAA!!!! Manu Garsiya 2 metrdan "Barselona" darvozasini ishg'ol qila olmadi.

85. Messining bu safargi jarima zarbasi umuman o'xshamadi.

84. Messi bugun shunchaki ajoyib o'yin namoyish qilmoqda. Uni raqiblari fol evaziga to'xtatishmoqda. Xavfli jarima zarbasi.

79. "Barselona"ning yana bir hujumi. Bu safar Messining pasi Grizmann tomon o'tmadi.

75. GOOOOOOOLLLLL!!!! Suares penaltidan unumli foydalandi!!!

74. PENALTIIIIIIIII!!!!!! "Alaves" himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi!

70. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Messidan super gol! Boshqa tarif yo'q bu golga!

64. O'yin tempi yuqorilab ketdi. Taxminan 55 daqiqa futboldan yiroq bo'lgan va biroz zerikarli sport turini tomosha qildik. Ana endi "Barselona"ning tempi pasaydi va "Alaves"ga bo'sh hududlar yaratib bermoqda.

61. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Elining bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi. 20 santimetr gol uchun etmadi.

58. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Hisob tenglashishi, "Barselona"ning bir soatlik ustunligi 2 daqiqada yo'q bo'lishi mumkin edi!!! Ter-SHtegen va Pike to'pni qaytarishda xatolikka yo'l qo'yishdi. Natijada Munos gol urish uchun vaziyatga ega bo'ldi va zarba berdi. To'pni ter-SHtegen qaytardi.

57. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!!! Lukas Peres hisobni qisqartirmoqda!! Qanotdan uzatib berilgan to'pga Peres boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi.

55. "Barselona"ning yaqqol ustunligi davom etmoqda. "Alaves" esa hali ham himoyasidan chiqqani yo'q.

51. GOOOOOOLLLL!!! YO'O'O'QQQQQQ!!! Grizmanning goli offsayd tufayli inobatga olinmadi.

49. Messining pasidan keyin Alba to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berishi mumkin edi. SHu orqali hujum yanada xavfliroq ko'rinish olardi. Ammo bu pallada ispaniyalik hujumchi to'pga eta olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Garchi 2 gol urilgan bo'lsa-da, bir tomonlama futbol juda zerikarli o'tmoqda.

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! Suaresning pasidan keyin Vidal to'pni zambarak kuchi tezligida darvoza to'riga yo'lladi! 2:0!39. ZARBAAAAAAAAA!!!!!!! "Barselona" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. To'pni egallab olgan Messi kamida 5 futbolchini aldab o'tib, zarba berdi. Biroz noaniq.

37. Taym zerikarli o'tayotganidan yozishga voqea bo'lmayapti. SHu daqiqaga kelib, Messining zargarona uzatmasidan keyin Grizmann to'pni bir urinishda darvoza yaqiniga uzatgandi. To'p hech kimga tegmagan holda maydonni tark etdi. Qaytaraman, o'yin juda zerikarli kechmoqda.

28. Vakaso to'pni qabul qilib olib, Umtitini bir aldadi, ikki aldadi, hullas zarba berguncha barcha ishni to'g'ri qildi. Ammo zarba.....

25. Odamning uyqisini keltiradigan o'yin bo'lmoqda.

23. Grizmann hujumga o'tayotgan raqibini ochiqchasiga qo'li bilan ushlab to'xtatib qolishga intilgandi. Bu sariqqa tortadigan vaziyat. Biroq hakam bu pallada franciyalik futbolchini ochiqchasiga kechirdi.

22. Suaresning pasidan keyin Vidal raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni markazga uzatgandi. Bu safar maydon tugab qoldi va to'p maydonni tark etdi.

18. Xavfli vaziyatttt!!!! Messining ajoyib pasi Vidal tomon o'tmadi.

14. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Grizmann hisobni ochdi! Suaresning qanotdan oshirgan to'piga Grizmann bir urinishda zarba berib hisobni ochdi.8. ZARBAAAAAAAAA!!!!!! Messining super pasidan keyin Vidal chalqancha uslubda zarba berdi. To'pni Pacheko oyoqlari bilan qaytardi. Aslida bu pallada offsayd bo'lgandi. Hakamlar hujumning yakunini kutishdi.

6. Dastlabki 6 daqiqa shunaqangi zerikarli o'tdi-ki, hattoki muxlislarning ham baqiriqlari eshitilmayapti. Huddi O'zbekiston chempionatiga o'xshaydi.

3. "Barselona" hujumga o'tdi. Biroq avvaliga Suares, keyinchalik Grizmanning noaniq harakatlari evaziga hujum bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar "Kamp Nou"ga chiqib kelishdi! Stadionda bo'sh o'rinlar juda ko'p. Biroq bu o'yinga tasir qilmasligi aniq.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика