So’nggi yangiliklar

21:23Улуғбек Бакаев: "Натижадан қониқдим, ўйиндан эса йўқ"  0 21:14Ришарлисон нима сабабдан Саудияга кетмаганини айтди  0 20:51Пепе фаолиятини якунлади  2 20:33Про лига. "Бухоро" ва "Арал" бир хил ҳисобда ғалабага эришди  0 20:16Ўзимизнинг карикатура. Йил ўйинида "навбаҳор" зафар қучди  14 20:00Анчелотти "Олтин тўп" учун кураш ҳақида гапирди  4 19:19Ансельмино "Челси"га ўтгандан кейин: "Болалигимдан буни орзу қилардим"  1 18:50Сиаваш Ҳақназарий: "Биринчи давра қандай ўтгани ҳақида гапиришни истамайман. Янги бош мураббий жамоавий руҳимизни ўзгартирди"  1 18:23ПРО-Лига. "Шўртан" – "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:16ПРО-Лига. "Арал" – "Дўстлик": Асосий таркиблар маълум  1 18:11Жаҳон чемпионати саралаш босқичи. Ўзбекистон - КХДР учрашувини Аҳмад ал Каф бошқариб боради  15 17:54Буни кўрдингизми? Де Брюйне услубини ўзгартиради   4 17:30Энцо Фернандес янги мавсумда "Челси"нинг сардорларидан бири бўлади  0 17:12Левандовски янги мавсум тақвими ҳақида: "Ҳар икки кунда майдонга тушиб, максимум имкониятларингизни кўрсатишнинг иложи йўқ"  0 16:49Кефрен Тюрам: ""Ювентус"га трансфер — бу тақдир"  0

Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniyada o'ynagan darvozabon haqida Yangiliklar

Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniyada o'ynagan darvozabon haqida

Teglar :  Pepe Reyna
Futbolchilar orasida bundaylar etarli, ammo darvozabonlar ichida faoliyatida top-5 chempionatning deyarli barchasida maydonga tushganlar ko'p emas.

Xose Manuel Reyna Paes 1982 yil 31 avgust kuni Madridda tavallud topgan. U Pepe Reyna deb chaqirishlarini xush ko'radi. Aynan shu nom bilan u futbol olamida mashhurlikka erishgan.

Sarguzashtning boshlanishi

Pepe Reynaning otasi Migel Reyna 1963 yildan 1980 yilgacha top darajadagi futbolchilardan biri hisoblangan. U Trofeo Samora mukofotini qo'lga kiritgan hamda Ispaniya chempionatida g'olib chiqqan. SHuningdek, ikki marotaba Ispaniya Kubogiga ham sazovor bo'lgan. 

Reyna o'zining darvozabonlik faoliyatini “Madrid Oesta” klubida boshlagan. Lekin u erda ko'p ushlanib qolmagan. “Barselona” akademiyasiga o'tish imkoniyati paydo bo'lishi bilan bundan unumli foydalanadi va 1995 yil Kataloniyaga yo'l oladi. O'shanda u endigina 13 yoshda edi. La Masiyada o'tgan besh yildan so'ng, Reyna ilk bor 18 yoshida debyut qilib, klubning asosiy tarkibida maydonga tusha boshladi. Qahramonimiz “Barselona”ning ikki mavsumi doirasidagi 30ta o'yinda ishtirok etdi, ammo borgan sari asosiy tarkibdagi joyini yo'qotib bordi. SHundan so'ng, “Vilyarreal”ga ijaraga ketishga qaror qildi.

U birinchi mavsumda "Sariq suvosti submarinasi" tarkibida Primeroning 32ta o'yinida qatnashdi. Keyingi ikki yil davomida esa Ispaniya CHempionatining bitta bahsini ham o'tkazib yubormadi. Muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng, klub Reynani arzimagan 750 ming evro evaziga “Barselona”dan sotib oldi. U 2004/2005 yilgi mavsumda Primeroning eng yaxshi darvozaboni bo'lib, unga sarflangan harajatni oqladi. O'sha yili “Vilyarreal” CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. SHuningdek, Reyna klub tarkibida ikki marotaba Intertoto sovrinini qo'lga kiritgan.

"Liverpul". Yangi jamoani izlab

2005 yil iyulda “Liverpul”ning yangi bosh murabbiyi ispaniyalik Rafael Benites tashabbusi bilan Reyna “mersisaydlar” tarkibiga deyarli 10 million evroga o'tadi. Benites Reynani jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushirdi va u “Liverpul” tarkibida CHempionlar Ligasi 2005/06 yilgi mavsumi saralash bosqichi 1-raundida Uelsning TNS jamoasiga qarshi o'yinida debyut qildi.

2005/06 yilgi mavsumda Reyna ECHL-2005 qahramoni Eji Dudekni zaxira o'rindig'iga o'tqizib qo'yib, “Liverpul”ning asosiy darvozaboni bo'lib oldi. Reyna angliyaliklar bilan birinchi sovrinini ilk mavsumdayoq qo'lga kiritdi. Bu Angliya Kubogi edi. Finalda Reyna bir necha bor xatolarga yo'l qo'ydi, ammo penaltilar seriyasida 4tadan 3ta zarbani qaytarishga erishdi va jamoasiga katta yordam berdi.

U 2006 yil UEFA Superkubogi, 2012 yilda esa Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritadi. 2005/2006 yildan 2007/2008 yilgi mavsumgacha APL oltin qo'lqop sohibi aynan Pepe deb etirof etilgan. 2009 yil 22 mart kuni Reyna “Liverpul” tarixida yangi rekord o'rnatdi. Yani, 100ta o'yinda bir marotaba ham gol o'tkazib yubormadi. U buni “Aston Villa”ga qarshi o'yindan so'ng amalga oshirdi (o'shanda “Liverpul” raqibini 5:0 hisobi bilan mag'lub etgandi). Bu uning “Liverpul” tarkibidagi 197-o'yini edi. Vaqt o'tgan sari Reynaning o'yini sustlasha boshladi. Klub rahbarlari uning o'rniga yosh va iqtidorli Simon Minoleni sotib oldi. 2013/2014 yilgi mavsumda Reyna “Napoli”ga bir yillik ijaraga o'tib ketdi. U erda Pepe Italiya CHempionati kumush medali va mamlakat kubogiga sazovor bo'ldi.

Pepe olti oyga “Liverpul”ga qaytdi. Ammo bu erda arzigulik narsa qolmagani uchun, yangi taklifni qabul qilishga qaror qildi. U Myunxenning “Bavariya” klubiga 9.3 million evroga o'tib ketdi. U erda uni Manu Noyerga o'rinbosar bo'lib zaxira o'rindig'ida o'tirish,  mavsum davomida 3ta uchrashuv va titul kutayotgan edi. Bu esa 31 yoshli posbonni qoniqtirmadi va uning Myunxenga safari uzoqqa cho'zilmadi. Xayr, Bundesliga!

A Seriya. Yangi mamlakat, yangi chaqiruv

2015 yil 23 iyun kuni Pepe Reyna arzimagan 2 million evro evaziga “Napoli”ga o'tadi. Unga jamoa bosh murabbiyi Mauricio Sarri qiziqish bildirgandi.


Sarri darvozabonning o'ziga xos sifatlaridan biri oyoq bilan o'ynay olishidir deb takidlagandi o'shanda. Reyna esa “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo'lgani uchun bu sifatlarga ega ekanligi ajablanarli emas. SHu yo'l bilan, Pepe buyuk Sarri jamoasining asosiy o'yinchisi bo'la oldi va ikki mavsum davomida Italiyada o'ynadi. Neapolga ikkinchi bor kelganida A Seriyaning 2016/2017 yili bronza va 2017/2018 yilgi mavsumda esa kumush medal sohibi bo'lgan.

Reyna Neapolda 3 yil o'ynadi va Mauricio Sarri ketganiga qaramay, faoliyati so'nggiga qadar shu erda qolishni rejalashtirgandi. Ammo klub rahbariyati o'yinchi bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamadi. Biroq Pepe uzoq vaqt ishsiz qolib ketmadi va Italiyaning “Milan” klubi uni o'ziga chaqirib oldi. Biroq xuddi u erga nafaqaga chiqish uchun borgandek bo'ldi. CHunki u erda Janluijji Donnarumma bor edi. Lekin Reyna bo'sh kelmadi. Hozirda u Evropa Ligasi doirasidagi bahslarda klubning asosiy posboni sifatida maydonga tushadigan bo'ldi. U erda 4ta o'yinda ishtirok etdi va yana shuncha o'yinni o'tkazib yubordi.

Ispaniya terma jamoasi

Pepening otasi — Migel Reyna Ispaniya termasi tarkibida 5ta uchrashuvda ishtirok etgan. Uning o'g'li Reyna esa “Furiya Roxa” tarkibida  2005 yil 17 avgust kuni Xixon shahrida bo'lgan Urugvay termasiga qarshi bahsda debyut qilgan. U hech qachon asosiy futbolchi bo'lmagan. Doim Iker Kasilyas va Viktor Valdesning soyasida qolgan. Keyinchalik esa David De Xea kelgan... Ammo terma bilan qator mukofotlarni qo'lga kiritgan: Evropa CHempionati 2008 va 2012 hamda Jahon CHempionati-2010. 

Reyna ispaniyaliklar tarkibida 38ta uchrashuvda ishtirok etdi hamda JCH-2018dan so'ng faoliyatni yakunladi. Pepe Reyna — zamonaviy futboldagi iqtidorli va noyob o'yinchilardan biri. Kimdir qobiliyatli o'yinchi ekani, kimdir xushchaqchaq insonligi, kimdir esa o'ziga xos stili uchun uni yaxshi ko'radi. 36 yoshli ispaniyalikning “Milan” bilan 2021 yilgacha shartnomasi bor.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика