So’nggi yangiliklar

14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10

Ispancha futbol modeli endi O'zbekistonga kelishi kutilmoqda Yangiliklar

Ispancha futbol modeli endi O'zbekistonga kelishi kutilmoqda

Teglar :  Dilshod Ro'zmetov
Kuni-kecha BMB Trade Group kompaniyasining yaqin hamkori O'zbekiston Futbol associaciyasining Evropadagi vakili Dilshod Ruzmetov "Kadis" (Ispaniya) futbol klubining xalqaro loyihalar bo'yicha direktori Enrike Peres bilan uchrashuv o'tkazdi.

Malumot uchun “Kadis” jamoasi Andalusiya avtonom hamjamiyatining Kadis provinsiyasida joylashgan ispan professional futbol klubi. Jamoa 1910 yilning 10 sentyabr kuni tashkil etilgan bo'lib tomoshabinlarni «Ramon de Karransa» stadionida qabul qiladi.

Uchrashuv chog'ida Enrike Peres O'zbekiston klublari bilan hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish yuzasidan manfaatdor ekanligini bayon qildi. Xususan, " Kadis " futbol klubi Jizzaxning "So'g'diyona" futbol klubi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalasini ko'rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi. Enrike Peres joriy yilning sentyabr oyida "So'g'diyona" futbol klubi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida O'zbekistonga kelishni rejalashtirayotganini malum qildi. “Umid qilamanki, klubimiz "So'g'diyona" jamoasi bilan samarali va uzoq muddatli o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yadi”, - dedi Peres uchrashuv chog'ida.

SHuningdek, Enrike Peres uchrashuv chog'ida Dilshod Ruzmetovni Ispaniya La ligasining birinchi turi doirasida shanba kuni bo'lib o'tadigan " Kadis " va "Levante" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan uchrashuvga lutfan taklif qildi.

SHuni takidlash joizki, ushbu hamkorlikdagi loyiha har ikki futbol klubi murabbiylarining tajriba almashinishi, birgalikda mashg'ulotlar o'tkazish va tajriba almashish, shuningdek, o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish hamda “So'g'diyona” o'yinchilarining xalqaro maydonda to'p surishlari  uchun yo'l ochib berishiga BMB Trade Group kompanisi o'z ko'magini berishga tayyor.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика