Ispan klubi MYU futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi
17 iyu 2017 13:49
Yangiliklar
Ispan klubi MYU futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Adnan Yanuzay avvalgidek "Real Sosedad" qiziqishlari doirasida.
Bu haqda ispan klubi prezidenti Xokin Aperribay malum qildi.
"Bu haqiqat, Yanuzayga qiziqyapmiz, ammo "Manchester Yunayted" yoki futbolchi bilan muzokara o'tkazmayapmiz. "Real Sosedad" ingliz klubining qarorini kutmoqda. Bir nechta jamoa Yanuzayni o'z safida ko'rmoqchi, uni qo'lga kiritish oson bo'lmaydi" - deydi Apperibay.
So'nggi mavsum Yanuzay "Sanderlend" safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Fikrlar