Ispan klubi Ikardi bilan shartnoma imzolamoqchi
05 fev 2022 15:47
Yangiliklar


Ispan klubi Ikardi bilan shartnoma imzolamoqchi
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Argentinlik forvardga "Real Sosedad" qiziqish bildirmoqda.
San-Sebastyan klubi Ikardini "Arsenal"ga o'tishi mumkin bo'lgan Aleksandr Isakka o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Real Sosedad" hujum chizig'ida Mauro skandinaviyalikka munosib o'rinbosar bo'ladi deb hisoblamoqda.
Bosh muammo esa Ikardining maoshi. Ispan klubi argentinalik uning tushishiga rozi bo'ladi deb umid qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar