Ispan klubi "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi
12 jan 2021 12:18
Yangiliklar


Ispan klubi "Arsenal" futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
32 yoshli greciyalik futbolchi bilan Sevilyaning "Betis" klubi shartnoma imzolamoqchi. Ispan klubi Papastatopulos bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashga tayyor. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda.
Sokratis 2018 yildan beri London jamoasida o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum APL doirasida maydonga tushmadi.
Transfermarkt futbolchini 4 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar