Ispan grandi Mertens bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi
13 iyu 2020 18:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/573745_original.jpg)
![](/upload/storage/573745_220.jpg)
Ispan grandi Mertens bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi
"Napoli" vingeri Dris Mertens faoliyatini Ispaniya chempionatining grand jamoasida davom ettirishi mumkin.
33 yoshli futbolchi Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. "Ko'k-anorranglilar" hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlashmoqda va Mertens bilan tekinga shartnoma imzolashga tayyor.
Belgiyalik futbolchi ham unga o'yin amaliyoti kafolati berilsa, "Kamp Nou"ga yo'l olishga qarshi emas.
Dris joriy mavsum Italiya A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar