Islomjon Abdullaev endilikda "Turon" darvozasini qo'riqlaydi
09 jan 2021 14:14
Yangiliklar


Islomjon Abdullaev endilikda "Turon" darvozasini qo'riqlaydi
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Qo'qon-1912" posboni Islomjon Abdullaev jamoasini o'zgartirdi.
"Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha futbolchilarning o'yin amaliyotlariga ega bo'lishlari uchun imkon berish maqsadida hamda "Turon" jamoasidan tushgan taklifga asosan darvozabon Islomjon Abdullaevni qo'shnilarga ijara asosida berishga qaror qilishdi.
Klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan darvozabon Islomjon Abdullaev kelayotgan mavsumni, Superliganing yangi azosi bo'lgan Yaypanning "Turon" jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. "Qo'qon-1912" jamoasi yosh darvozabonga yuksak ishonch bildiradi hamda yangi jamoada unga omad tilaydi !
O’xshash yangiliklar

Fikrlar