So’nggi yangiliklar

22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16

Islombek Ismoilov: “Xotira-79”ga o'yin borasida yutqazmadik” Yangiliklar

Islombek Ismoilov: “Xotira-79”ga o'yin borasida yutqazmadik”

Teglar :  Islombek Ismoilov
Birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan “Xotira-79” – “Yozyovon-Lochinlari” (2:1) o'yinidan so'ng mehmonlar ustozi Islombek Ismoilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bungacha ikkita ketma-ket durang qayd etgandik. SHu bois Uychiga faqat g'alaba uchun borgandik. Ammo o'ylaganlarimiz amalga oshmadi. O'yin deyarli jamoamning ustunligi ostida o'tdi, deb o'ylayman. Ammo yakunda hisob bo'yicha mezbonlar g'olib chiqdi. Bu tarixda qoladi. Hakamlar haqida gapirmoqchi emasdim. CHunki ularning ishini nazorat qiladigan masul kishilar bor. Lekin o'yindan so'ng yigitlar yonimga kelib, futboldan ko'ngli sovub borayotganini kuyunib gapirib berdi. Bunday paytda nima qilishni ham bilmay qolasan ekan kishi. Agarda o'yin borasida yutqazganimizda futbolchilarni keyingi uchrashuvga ruhiy jihatdan tayyorlash mumkin edi. Biroq maydon tashqarisidagi “ishlar” ko'ngilni xira qilmoqda. SHogirdlarim futbol o'ynashga qo'rqib qolishdi. “Xotira-79”ga qarshi bahsda ikkinchi gol darvozamizga kiritilgan vaziyatni olaylik, yon chiziq hakami bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari holat ekanligini qayd etdi. Bosh hakam unga qarab qo'ydi. SHunda laynsmen ham bayroqni tushirib, maydon markazi tomon yuugurib, gol bo'lganini ishora qildi. Bu futbolchilarimga juda tasir qildi – deydi Islombek Murodovich.

Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика