Islom To'xtaxo'jaev: "Orqadan penalti yo'qqa o'xshadi"
27 apr 2018 14:24
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev: "Orqadan penalti yo'qqa o'xshadi"
Ushbu turda "Bunyodkor" o'z uyida "Lokomotiv" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng, "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tashqaridan qanday ko'rindi bilmadim, lekin maydon ichida juda ham qiziqarli o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" jamoasi ham himoyaga yotib olmasdan hujumkor o'yin ko'rsatdi. Ko'proq omad bizga kulib boqdi. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limda o'yin tizginini o'z qo'limizga oldik. Har bir o'yinda vaziyat yaratyapmiz, ammo, ularni golga aylantira olmayapmiz.
"Bunyodkor"ga qarshi o'yinda penaltidan bo'lsa ham gol urdik. Anvar G'ofurov Marat Bikmaevni to'xtatib qolgan vaziyatni ko'rmay qoldim. Qanot hakami penalti borligini tasdiqladi. Orqadan penalti yo'qqa o'xshadi. Barchasi qanot hakamiga ko'rinib turgandi", - deydi Islom To'xtaxo'jaev
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
Fikrlar