Islom To'xtaxo'jaev: "Oldingi hayajon hozir o'tib ketgan"
01 apr 2016 08:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/163395_original.jpg)
![](/upload/storage/163395_220.jpg)
Islom To'xtaxo'jaev: "Oldingi hayajon hozir o'tib ketgan"
Ushbu o'yin oldidan "Loko" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.
-
"Neftchi" har doim oliy liga klublariga munosib raqib bo'lib kelgan. Biz
ham bu jamoani jiddiy raqib sifatida qabul qilyapmiz. O'ylashimcha,
navbatdagi to'qnashuv ham qiziqarli kechadi. Negaki xuddi biz kabi "Neftchi"
ham maydonga uch ochko olish uchun tushadi. Qolaversa, biz uchun bu bahs
ochilish o'yini bo'ladi va unda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand
qilmoqchimiz.
- "Lokomotiv" bu o'yinga qanchalik tayyor?
-
Biz ham ruhan, ham jismoniy tarafdan mazkur bahsga tayyormiz. Aytib
o'tganimdek, maqsadimiz bitta: chiroyli o'yin ko'rsatib g'alaba qozonish.
Hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Malumki, siz o'z
vaqtida "Neftchi" tarkibida harakat qilgansiz. Nima deb o'ylaysiz, sobiq
jamoangizga qarshi maydonga tushganingizda hayajonlanish bo'lmaydimi?
-
Albatta, oz bo'lsa ham hayajon bo'ladi. Lekin ko'proq yoshlik paytimda
hayajonlanardim. Hozir esa bunaqa holatlar o'tib ketgan va bor etiborim
navbatdagi uchrashuvga qaratilgan.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar