So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  4 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  4 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4

Islom To'xtaxo'jaev: "Murabbiy o'zgarmagani yaxshi bo'ldi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Murabbiy o'zgarmagani yaxshi bo'ldi"

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev MY5 telekanalining "Achchiq choy" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.

Futbolchi terma jamoa haqidagi savolga ham javob berdi.

"JCH-2018 saralashida oldimizda ikkita o'yin qoldi. Agar murabbiy o'zgarganida ko'p narsa o'zgarib ketardi. SHu sababli Samvel Babayanning qolgani yaxshi bo'ldi. CHunki qisqa vaqt ichida o'zgarishlarga ko'nikish juda qiyin. Janubiy Koreyaning murabbiy almashtirgani biz uchun foydali bo'ldi", - deydi Islom To'xtaxo'jaev ko'rsatuv jarayonida.

- Nima uchun Erondan oldin Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi?
- To'g'risi men ham bunga tushunmadim. Tailand bilan Eronni solishtirib bo'lmaydi. O'yin uslubi ham bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Javob bera olmayman bu savolga. Savolni o'yin tashkilotchilariga bergan to'g'riroq, - deydi Islom To'xtaxo'jaev. 

- Oliy liga saviyasi haqida fikringiz qanday?
- Milliy chempionat saviyasi pastroq. Talablar pastroq. 35-40 issiqda o'ynayapmiz. Bunday issiqda yuqori tezlikda o'yin bo'lmaydi. Nega bunchalik erta qo'yildi deb so'rasak yoritish tizimida muammo borligini aytishadi. Maydon holati...futbol o'ynash uchun qiyinda to'g'risi. "Lokomotiv", "Paxtakor", "Olmaliq"..."Bunyodkor" stadioni yaxshi ammo maydoni u qadar yaxshi emas. Televizorda yashil ko'rinadi, ammo maydonga tushib o'ynaganda jarohat olish xavfi yuqori", - deydi himoyachi.



Islom to'xtaxo'jaev uchun blic-savollar:


- O'zbekiston terma jamoasining eng zo'r himoyachisi?
- Anzur Ismoilov
- Eng yaxshi yarim himoyachi?
- Aziz Haydarov
- Eng yaxshi hujumchi?
- Aleksandr Geynrix
- Terma jamoaning eng yaxshi futbolchisi?
- SHaxsan men uchun Aziz Haydarov
- O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng kuchli murabbiy?
- 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida chempion qilgan murabbiy (Rustam Akramov - tahririyat).


Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика