Islom To'xtaxo'jaev: "Bunday maydonda o'ynashga kim ruxsat berganini bilmayman. Tashqaridan chiroyli, lekin ichi ayanchli ahvolda"
10 apr 10:34
Yangiliklar


Islom To'xtaxo'jaev: "Bunday maydonda o'ynashga kim ruxsat berganini bilmayman. Tashqaridan chiroyli, lekin ichi ayanchli ahvolda"
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining birinchi turida "Paxtakor" - OKMK jamoalari o'zaro uchrashdi.
O'yindan so'ng olmaliqliklar sardori Islom To'xtaxo'jaev fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Guruhdagi birinchi uchrashuv edi. Bunday maydonda o'ynash uchun qanday ruxsat berishadi bilmayman. To'p tepib bo'lmaydi. Lekin bu bahona emas. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz harakat qildi, durang qilishga yaqin keldik. Harakatlarimiz etarli bo'lgani yo'q. Bu - futbol.
Futbol o'ynaydigan odamlar bilan birga maydonni tekshirishsa yaxshi bo'lardi. To'p yurmaydi bunday maydonda. Sifatli maydonda o'yin ham tomoshabop kechadi. Tashqaridan chiroylidir, biroq ichi ayanchli ahvolda.
Imkoniyatlarimiz bor. 2 ta bellashuvni uyda o'tkazamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz",- deydi Islom To'xtaxo'jaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Фаросатинг ишласа рақиб хам санга ўхшаб шу майдонда ўйнаб ютди