So’nggi yangiliklar

23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  0 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  2 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  45 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  5 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4

Islom To'xtaxo'jaev: "2018 yil uchun tasdiqlangan reglament – o'zbek futbolini rivojlantirish yo'lida qo'yilgan ulkan qadam" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "2018 yil uchun tasdiqlangan reglament – o'zbek futbolini rivojlantirish yo'lida qo'yilgan ulkan qadam"

O'zbekistonning professional futbol klublari o'rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo'yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi.

2018 yil uchun futbol bo'yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o'zgardi va takomillashtirildi. Bu borada qilingan o'zgarishlar xususida O'zbekiston chempioni – “Lokomotiv” professional futbol klubi azosi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Kelasi mavsum uchun tasdiqlangan reglament talab va shartlarini o'qib, rosti juda xursand bo'ldim. Zero ushbu reglament o'zbek futbolini yanada rivojlantirish yo'lida qo'yilgan ulkan qadam bo'ldi, deb hisoblayman. Unga futbolimizni to'la professional yo'lda davom etishi uchun zarur bo'lgan o'zgarish va yangiliklar kiritilgan.

Misol uchun, endilikda Superligada o'yinlar eng kamida 18:00da boshlanadi. Bu barcha uchun qulaydir. Futbolchilar ham yozda issiq haroratda emas, balki salqin tushgach o'ynash imkoniga ega bo'lishadi. Bu ularning maydonda to'la kuch bilan harakatlanishiga turtki bo'ladi. Qolaversa, oddiy muxlis ham bemalol ishdan so'ng stadionga kelishi mumkin bo'ladi. Ushbu qarorni to'la qo'llab-quvvatlayman.

Yana o'yinlar o'tkaziladigan stadionlar uchun qo'yilgan talablar kuchaygani ham muhim qarordir. Zero stadionda futbolchi uchun ham, muxlis uchun ham shart-sharoit yaxshi bo'lishi lozim. SHunda stadionlarga ishqibozlar tashrifi ham oshishiga aminman.

Yana hakamlar uchun ish haqining oshirilganini ijobiy holat, deb baholayman. Zero ular ham maydonda kam harakat qilishmaydi. Qolaversa, hakamning masuliyati juda katta. Agar unga mexnatiga yarasha haq to'lansa, hakamlar ham o'yinlarni halol va to'g'ri boshqarishadi.

SHuningdek, Superliga klublarining yoshlar tarkiblari o'rtasida bir nechta yosh toifasida mamlakat birinchiligi o'tkazilishi hamda klublarning o'z akademiyalariga ega bo'lishi lozimligi to'g'risidagi shart ham juda dadil qadamdir. Bu orqali turli yoshdagi terma jamoalarimiz uchun yaxshi saviyadagi futbolchilar etishib chiqishi taminlanadi.

Umuman olganda, 2018 yil uchun reglament o'zbek futboli rivojida ancha muhim o'rin tutadi, deb o'ylayman. Umid qilamanki, amalga oshirilayotgan bunday islohotlar futbolimizni yangi bosqichga olib chiqadi, - deydi mahoratli futbolchi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика