Islom Kenjaboev keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishi malum
03 iyu 2021 16:41
Yangiliklar
Islom Kenjaboev keyingi faoliyatini qaerda davom ettirishi malum
Janubik Koreyaning "CHeju Yunayted" klubi bilan shartnomani bekor qilgan Islom Kenjaboev yaqinda yurtimizga qaytdi.
Endilikda iqtidorli yarim himoyachi ikkinchi davrani Navoiyning "Qizilqum" jamoasida boshlaydi. Bu haqda saytimizga jamoa murabbiylar shtabi malum qildi. Yurtimizda yozgi transferlar oynasi 5 iyul sanasida ochiladi va shundan so'ng klub futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin.
Islom Kenjaboev "CHeju Yunayted" safida K1 liga doirasidagi 1 ta o'yinda qatnashdi. SHuningdek, Janubiy Koreya Kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushdi.
Hamidjon Aktamov: "2-3 nafar futbolchi bilan kelishib qo'yganmiz"
Fikrlar