So’nggi yangiliklar

12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  16 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  22 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8

Islom Isoqjonov: “Navbahor” jamoasida o'ynash yoshligimdagi orzum bo'lgan” Yangiliklar

Islom Isoqjonov: “Navbahor” jamoasida o'ynash yoshligimdagi orzum bo'lgan”

Birinchi davrada “Andijon” jamoasida o'ynagan Islom Isoqjonov ikkinchi davradan Namanganning “Navbahor” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Bu yil “Navbahor”ning ishlari unchalik yurishmayapti. Bu yil “lochinlar” chempionat reytingida o'n beshinchi pog'onani egalladi va birinchi liga bahslarida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan “Norin” jamoasi bilan oliy ligaga o'tish bosqichida bellashib o'zi uchun kerakli bo'lgan natija ni qo'lga kiritdi. Biz Islom Isoqjonov bilan bog'lanib undan bu yilgi chempionat bahslari va faoliyati haqida suhbatlashdik.

- “Norin” jamoasiga qarshi o'tish bahsi qanday o'tdi?
- Ushbu bahs qiyin bo'lishi oldindin malum edi. Undan tashqari maydon ham qor bilan qoplangan edi. Bu birinchi ligami yoki ikkinchi ligami maydonda qor bo'lgani bois ikkala jamoaning imkoniyatlari teng bo'ladi. Maydonda qor borligi sababli murabbiylarimiz bergan kshhrsatmalarni barchasini amalga oshira olmadik. SHunday bo'lsada o'zimizga kerak bo'lgan natijani qo'lga kiritdik.

- Bilamizki siz “Navbahor” klubiga ikkinchi davrada “Andijon” jamoasidan kelib qo'shildingiz. Bu yilgi chempionat siz uchun qanday o'tdi?
- Bu yilgi mavsum “Navbahor” uchun juda ham og'ir kechdi. Jamoada futbolchilar va murabbiylarning almashinuvi o'yinga ham tasir qildi. Mavsum yakunlanishiga bir necha tur qolganida murabbiylik postiga Ilhom Mo'minjonov kelganidan so'ng jamoa taktikasida, mashg'ulotlarda sezilarli o'zgarishlar bo'ldi.


- Birinchi davrada “Andijon” klubida harakat qildingiz. Lekin “Navbahor” jamoasini nima uchun tanladingiz?
- Katta futbolga kirib kelishimda “Navbahor” klubi asosiy sababchi bo'ladi. Ushbu jamoa o'rinbosarlari sharafini himoya qilganman. Lekin tug'ilib o'sgan joyim Namangan shahri bo'lgani uchun “Navbahor” jamoasida o'ynash yoshligimdagi orzum bo'lgan.

- Jamoaning chempionatdagi ishtiroki biroz muvaffaqiyatsiz bo'lishiga nima sabab bo'ldi?
- Menimcha murabbiylar almashinuvi, ichki muxit jamoaning o'yinlariga tasir qildi. “Navbahor”ni birinchi davrada ko'p futbolchilar tark etdi, yangi futbolchilar keldi. SHu qatori men ham ikkinchi davradan ushbu klubda to'p tepyapman. Bizga jamoani birlashtiradigan murabbiy kerak edi. Mavsum so'nggida Ilhom Mo'minjonov jamoani birlashtira oldi. Ilhom aka talabchan, futbolchilar bilan aka-ukadek muomila qiladigan murabbiy. Mo'minjonov kelganidan so'ng klubni ishlari oldinga qarab siljishni boshladi.

- Bu yilgi chempionat o'z nixiyasiga etdi. Sizga boshqa jamoalardan qiziqishlar bo'lyaptimi?
- Barcha futbolchining faoliyatida bunday xodisa bo'lib turadi. Boshqa jamoalardan takliflar bor. Vodiy jamoalaridan ham voxa jamoalaridan ham takliflar bor. Yigirmanchi dekabrdan klub bilan qishki yig'inni boshlasak takliflarni o'rganib chiqish uchun vaqtim etarli bo'ladi. Menga qiziqish bildirayotgan klub raxbariyatlari bilan gaplashdim. Ular meni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Lekin hozircha qaysi klublardan taklif bo'layotganini ayta olmayman. O'zimga qolsa chempionlik uchun kurashadigan jamoada to'p tepishni istardim. Lekin hozirgi kunda “Navbahor”da qolishni istayman. CHunki keyingi yili jamoamiz kuchli uchlik uchun kurashadigan jamoa bo'ladi, deb o'ylayman.


- O'z oldingizga yuqori maqsadlarni qo'yganmisiz?
- Men ko'proq maydonda harakat qilishni, o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayman. To'g'ri, o'z oldimga yuqori maqsadlarni qo'yganman. Eng asosiysi milliy terma jamoa libosini kiyish maqsadim.

- Raqobatdan qo'rqasizmi?
- Yo'q qo'rqmayman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Raqobat bo'lmagan joyda o'sish ham bo'lmaydi. Barcha futbolchilar menga o'xshagan sportchi. Harakat qilsa barcha narsaga erishsa bo'ladi. Terma jamoa saviyasidagi futbolchi bo'lish qo'limizdan keladi.

- Tanqidni qanday qabul qilasiz?
- Hammasini to'g'ri qabul qilaman. Muxlislar tanqid qilsa ular bor narsani gapirishadi. To'g'ri bazi bir joyda noo'rin tanqid qilishlari ham mumkin, kurakda turmaydigan gaplar bilan futbolchini haqorat qilishi mumkin. Kerakli bo'lganini o'zimga olaman. Qolgan gaplarga esa etibor bermayman. Maydonda o'z ishimni davom ettiraman.

- Igor SHkvirin, Baxtiyor Ashurmatov va Ilhom Mo'minjonov bilan ishlagansiz. Ushbu murabbiylar haqida nima deya olasiz?
- Ushbu murabbiylarni bir o'ringa qo'ygan bo'lardim. CHunki uchchala murabbiylar bilan juda ham yaxshi aloqada bo'lganman. Har bir murabbiy o'ziga yarasha talabchan bo'ladi. Ko'proq Ilhom Mo'minjonov taktikasida o'ynash osonroq. Baxatiyor Ashurmatov va Igor SHkvirin qo'l ostida ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lganman. Mana “Navbahor” jamoasiga kelib bundanda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lyapman. Agarda “Navbahor” tarkibida qoladigan bo'lsam jamoani yuqori o'rinlarga olib chiqishga harakat qilamiz.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика