So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Islom Ismoilov: "Taktik jihatdan Franciya va Vengriyadan qolishmadik. Osiyo kubogi saralashida optimal holatda bo'lamiz" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Taktik jihatdan Franciya va Vengriyadan qolishmadik. Osiyo kubogi saralashida optimal holatda bo'lamiz"

O'zbekiston U-16 terma jamoasi U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Vakillarimiz mazkur jarayonda Franciya va Vengriya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi. Evropa terma jamoalari bilan bahslar foydali bo'lgani aniq. Biz bu borada jamoa ustozi Islom Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

- Bilamiz, Franciya dunyoning kuchli terma jamoalari qatoriga kiradi. Albatta, ularning yoshlar terma jamoalari ham yuqori saviyadagi futbolchilardan tashkil topgan. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash doim yoqimli va bu orqali o'zimiz uchun bir qator yangi jihatlarni kashf etamiz. Bu uchrashuvlardan asosiy maqsad Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish bo'lganligi bois asosiy etiborni o'yin uslubimizni shakllantirishga qaratdik.  Franciya tarkibida ko'proq Afrika qitasi vakillari harakat qilishmoqda. Bu yosh toifasida ular bizdan kuch va tezlik jihatidan ustun. Jamoaning ko'plab futbolchilari Evropaning nomdor klublarining U-19 hamda yoshlar jamoalarida harakat qilishadi. Umuman olganda o'yin tashkil qilish vaziyatlar yaratish  va taktik jihatdan biz francuzlardan ortda qolmadik. Birinchi marotaba Evropa jamoasiga qarshi harakat qilganimiz bois futbolchilarda hayajon sezildi. Hujumlarni yakunlashda samaradorlik etishmadi. Uchrashuvdan keyin Franciya terma jamoasi murabbiyi bilan ham gaplashganimizda  u ham bizning hozirgi holatda asosiy muammomiz hujumlarni samaralik yakunlashda ekanligini takidlab o'tdi. O'z navbatida bizga mana shunday yuqori darajadagi raqiblarga qarshi o'yinlarni tashkil qilishda katta yordam berayotgan O'FA rahbariyati hamda terma jamoalar markazi rahbari Usmon Qudratovichga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Bu yig'inimiz oldimizda turgan asosiy musobaqa uchun so'nggi yg'inlardan biri bo'lganligi bois boshlang'ich tarkibda ko'p o'zgarishlarga qo'l urmayapmiz. Lekin uchrashuv davomida futbolchilar va o'yinni borish holatidan kelib chiqib o'zgarishlar qilamiz. Vengriyaga qarshi uchrashuvda to'liq o'yinni nazorat qildik. Lekin himoyadagi 2 ta xato qimmatga tushdi. Bu o'yinda ham bizdagi muammo chuqur himoyani yorib o'tishda bo'ldi. Eng asosiysi o'yin uslubimiz shakllanib bormoqda. Har qanday raqibga qarshi hujumkor va yuqori intensiv  futbol namoish etish. Maqsadimiz zamonaviy futbol orqali yuqori natijalarga erishish va jamoa sifatida shakllanish. Buning uchun ko'nikma va vaqt kerak. Undan tashqari har bir uchrashuvga raqibdan kelib chiqib o'z o'yin uslubimizdan uzoqlashmagan holatda  zaxira variantlarini tayyorlab chiqamiz.  

- Saralashdagi raqiblarimiz Osiyoning yaxshi jamoalaridan hisoblanadi. Guruhimizdagi Iroq hamda Falastinning bir nechta uchrashuvlarini ko'rib tahlil qilib chiqdik. Hamda hozirgi paytda ham imkon qadar ularni tayyorgarlik jarayoni to'g'risida malumotlar yig'ishga harakat qilmoqdamiz. Faqat Xitoy Taypeyining o'yinlarini topishda biroz muammolar bo'ldi.

- Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi holatda. Bu uchun bizda alohida dastur tuzib chiqilgan. Bosqichma-bosqich yuqoriga qarab harakatlanyapmiz. Xudo xohlasa, Osiyo saralashigacha eng optimal formamizda bo'lamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика