Islom Ismoilov ortidan Murod Ismoilov ham "Turon"ni tark etdi
31 may 2021 10:36
Yangiliklar
Islom Ismoilov ortidan Murod Ismoilov ham "Turon"ni tark etdi
"Turon" jamoasida o'zgarishlar davom etadi.
Joriy yil Superligada debyut qilayotgan "Turon" jamoasining natijalarini yaxshi, deb bo'lmaydi.
Jamoa Superligada hali g'alaba qozona olgani yo'q. "Qizilqum" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Islom Ismoilov istefoga chiqqandi. Malumotlarga qaraganda, o'tgan yildan beri klub tizimida faoliyat yuritib kelayotgan, o'rinbosarlar tarkibini boshqarayotgan Murod Ismoilov ham klubni tark etdi. Mutaxassis ayni paytda klub bilan birga emas.
Fikrlar