So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Islom Inomov “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtirokini qanday baholadi? Yangiliklar

Islom Inomov “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtirokini qanday baholadi?

"Paxtakor" jamoasining OCHLdagi ishtiroki haqida ko'plab mutaxassislar turlicha fikrlarni bildirishmoqda.

Albatta, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilgan yagona vakilimizning chorak finalga qadar etib borishi yomon natija hisoblanmaydi. 

Har holda klublarimizning so'nggi uch yillikda hattoki guruhdan chiqa olmayotganini hisobga olsak, chorak final futbolimiz uchun qoniqarli natijadir. Boshqa tomondan "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki o'zbek futbolining bugungi darajasini ham belgilab berdi, deya olamiz. Xo'sh, vakillarimizning chempionlar ligasida uzoqroqqa borishiga nima etishmadi, "Persipolis" bilan o'yinda kimdan xato o'tdi? Bizga bu borada ekspert fikri muhim. SHu bois sobiq futbolchi, o'z vaqtida "Paxtakor" tarkibida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan Islom Inomovga yuzlanishga qaror qildik.

- "Paxtakor"ning OCHLdagi o'yinlari haqida dastlab qanday fikr paydo bo'ldi?

- Avvalo bu shaxsiy fikrim, bu bilan murabbiyning ishiga aralashmoqchi emasman. Faqat fikr va mulohazalarimni aytmoqchiman. Bu fikrim to'g'riligini anglatmaydi. "Paxtakor"ning OCHLdagi "Al Hilol" va Eron jamoalari bilan o'yinlarini ko'rdim. Oxirgi uchta o'yinni 90 daqiqa tomosha qildim. Umumiy qilib aytganda yomon taassurot qoldirishmadi. Deylik, "Al Hilol" bilan o'yinni oladigan bo'lsak, amaldagi chempionga qarshi vakillarimiz yomon o'yin ko'rsatmadi. Taktik jihatdan, jismoniy yoki kuch jihatdan ham yaxshi o'yin namoyish etdi. "Persipolis" bilan uchrashuvda "Paxtakor"ning 10 kishi bo'lib qolgani o'yinga tasirini o'tkazmay qolmadi. CHunki, har bir murabbiyning o'z o'yin uslubi, futbolchilarga bergan vazifasi bo'ladi. Oddiy burchak zarbasini amalga oshiradigan ijrochini almashtirsa ham ko'p narsa o'zgarib ketadi. SHunga qarab murabbiylar o'yin quradi. Masharipovning qizil kartochka olgan vaziyatida hakamlarni, VARni ayblash noo'rin. O'sha vaziyatda haqiqatdan ham qizil kartochka berilardi.

Bunday holatlar o'zimizda ham bo'lgan. Masharipov o'yinga kirishib ketdi, g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va xohish juda kuchli edi. O'zbekiston mentalitetida shunday muhim o'yinlarda futbolchilardagi bosim gohida zarar keltirishiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. Evropada asosan murabbiylar futbolchilarni tinchlantirishga urg'u berishadi, kiyinish xonasida musiqalar qo'yib qo'yishadi. Vitaliy Denisovning bir intervyusini o'qigan edim, o'shanda "Dnepr"dagi Evropa Ligasidagi o'yinlari haqida gapirgandi. Murabbiylar o'yindan oldin futbolchiga xotirjam o'ynashni va o'zini erkin tutishni aytishganligi haqida fikr bildirgan edi. "Paxtakor" jamoasida shu kuni bosim juda katta edi. Biznikilar birinchi galda raqibni, ikkinchi galda bosimni engishlariga to'g'ri keldi. Tajribali futbolchilar Egor Krimec, Anzur Ismoilovlar ham bosim bilan o'ynagani sezilib turdi. SHunga qaramasdan golgacha birinchi bo'limda yaxshi o'ynashdi. Baribir bir kishi kam bo'lib o'ynash juda og'ir. Boz ustiga dastlabki daqiqalardan chetlatish va 80 daqiqa 10 kishi bo'lib o'ynash oson emas. 

- Bir kishi kam bo'lib qolganimizdan so'ng o'yinda nimanidir o'zgartirish kerak emasmidi?

- Har bir murabbiyning o'z o'yin uslubi va qarashlari bor. O'zimni fikrimni bildiradigan bo'lsam, bir kishi kam bo'lib qolganimizdan so'ng raqibga taktik tomondan yutqazdik. Bunday pallada ko'proq himoyaga va qarshi hujumga urg'u qaratishimiz kerak edi. O'yinni kuzata turib CHeranni almashtirish kerakmidi degan fikrga bordim. Derdiyok Masharipovning o'rniga o'tgach o'rtada qolgan CHeranga to'pni kurashib oshirib beradigan futbolchi yo'qligi bilindi. Yani hujumni davom ettiradigan, bog'laydigan futbolchi topilmadi. To'g'ri, CHeran o'yinni quradigan asosiy futbolchilardan biri, kuchli legioner. Lekin, bir o'zi ulgurolmayapti. Bunday pallada tayanch zonasida Abror Ismoilovni tushirish ayni muddao edi. Orqa chiziqni tartibga solish muhim hisoblanardi. Bir kishi kam bo'lib harakat qilyapmiz, bunday holatda gol urishni emas, gol o'tkazib yubormaslikni o'ylash lozim edi. Ikkinchi bo'limda biz eronliklarga qaraganda ko'p kuch sarfladik, oldinga o'tdik. SHunda ham yigitlarga qoyil qolish kerak, qo'lidan kelganicha kurashishdi. 10 kishi va 11 kishi bo'lib o'ynashni farqi bor.

Odatda ko'p top jamoalar mashg'ulotlarda bu borada ishlashadi. 10 kishi bo'lib qolganda qanday o'ynash kerak, 9 kishi bo'lib qolganda qanday harakat qilish kerakligi ishlanadi. Qanday taktik sxemada joylashish lozim, bari ishlab chiqiladi. SHota Arveladze kuchli murabbiy, uning tajribasiga shubham yo'q. Endilikda xatolarni takrorlamaslikga harakat qilishadi degan umiddaman. Bu gaplarimni murabbiylar yoki boshqa insonlar noto'g'ri tushunishmasin, bu shunchaki o'zimni fikrim va munosabatim. Hozirgi vaziyatda 10 kishi bo'lib o'ynagan jamoani tahlil qilish ham qiyin. "Persipolis"ning ikki golida ham hujumchining mahorati katta rol o'ynadi. Ikkita vaziyatda 10 ta imkoniyat berilsa, shuncha gol bo'lmasdi. Mahorat o'z so'zini aytdi. 0:1dan keyin "Paxtakor" futbolchilari hujumga o'tishdi, 0:1 ham mag'lubiyat, 0:2 ham o'sha mag'lubiyat, buni farqi yo'q. 0:1dan keyin ham himoyada o'tirib boshqa gol o'tkazmaslikni o'ylash ham noto'g'ri bo'lardi. 10ta futbolchi bilan har qanday taktikada harakat qilsangiz ham, raqib safidagi bitta ko'p futbolchi g'alabani ilib ketishi mumkin. 

- "Paxtakor"ning OCHLdagi ishtiroki O'zbekiston chempionatining darajasidan va saviyasidan darak berdimi? Boisi, bu haqida "Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku ham o'yindan oldingi matbuot anjumanida: "Saudiya Arabistoni chempionati O'zbekiston chempionatidan kuchli hisoblanadi. Biz har turda kuchli raqiblar bilan o'ynaymiz",- degan fikrni aytib o'tdi...

- Buni yashirishni hojati yo'q, hamma ko'rib turibdi. "Paxtakor"ga yaqin yillarda "Bunyodkor", "Lokomotiv" yoki "Navbahor" qarshilik ko'rsatib kelayotgandi. "Paxtakor"ning zaxiradagi futbolchilari bilan Superligada kuchli oltilikka kirsa bo'ladi. Hamma narsa moliyaviy holatga bog'liq. 14ta jamoani bir xil yuqori darajaga chiqarishni iloji yo'q. Hech bo'lmaganda 4-5ta yaxshi saviyadagi "Paxtakor"ga raqobat qiladigan jamoalar bo'lsa futbolimiz yanada o'sardi. Ayni paytda "Paxtakor"ga tenglasha oladigan jamoa yo'q ichki chempionatimizda. SHunday jamoalar ko'p bo'lsa natija ham o'zi keladi. "Al Hilol"ni ham yutamiz, safarda Eron klublarini bemalol yutib kelamiz.

Lekin, o'sha kuchli chempionatlarda mavsum qizg'in pallasiga kirmagan hali. Bu borada bizda vaziyat yaxshiroq edi. "Paxtakor" Superligada har uch kunda o'ynab sport formasiga kirib olgandi. Raqiblarda unday emasdi. Rotaciyalar ham etarlicha amalga oshirildi. Agarda shu chorak final bahsida 11 kishi bo'lganimizda o'yin boshqacha kechardi. Masharipovning jamoadagi o'rni katta. Hujumlar ham ko'pincha Masharipov orqali davom ettiriladi. Aynan uning qizil kartochka olishini hech kim kutmagan va o'ylamagandi. Lekin, "Persipolis" "Istiqlol" va "SHahr Xodro"dan bir kalla kuchli edi. "Paxtakor" "Istiqlol"ni jismoniy tarafdan yutdi, imkoniyat qoldirmadi. Lekin, "Persipolis" qolgan ikki Eron jamoasidan nisbatan kuchliroq edi. Hozirda "Paxtakor" ruhiy tushkunlikdan chiqib olishi muhimdir. Jamoa chorak finalda to'xtadi. Lekin, bundan fojea yasash kerak emas. Hayot davom etadi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика