Islom Ahmedov: ”So'g'diyona” o'z uyida g'alaba qozonsa kerak”
20 noy 2015 10:30
Yangiliklar
Islom Ahmedov: ”So'g'diyona” o'z uyida g'alaba qozonsa kerak”
Xususan oliy ligada qolish uchun jiddiy kurash olib borayotgan “So'g'diyona” o'z uyida autsayder “Buxoro”ni qabul qiladi. Mazkur o'yinga bo'lgan qiziqish muxlis-u, mutaxassislar tomonidan yuqori bo'lmoqda. SHu bois biz ham o'z navbatida OFK instruktori, futbolimizdagi taniqli shasxlardan biri bo'lgan Islom Ahmedov bilan bog'lanib, autsayderlarning bo'lajak to'qnashuvi oldidan fikrlarini bilishga urindik.
- “So'g'diyona” – “Buxoro” bahsida kim g'alaba qozonadi? To'g'ri, juda murakkab savol. Jizzaxliklar o'z uyida o'ynaydi. SHu bois menimcha “So'g'diyona” yutsa kerak.
- Kuchlilar safida qolish uchun xarakat qilayotgan yana bir jamoa – “Dinamo”ga keladigan bo'lsak, samarqandliklar ham o'z maydonida o'ynaydi. Garchi raqib “Olmaliq” bo'lsada, mezbonlarga ham ushbu turda g'alaba suv va havodek zarur. SHuning uchun ushbu bahsda ham maydon egalari yutsa kerak deb tahmin qilaman.
- Kim chempion bo'ladi? “Paxtakor”?! Bu juda katta savol...
Islombek Rustambekov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar