So’nggi yangiliklar

10:55Антуан Гризманн МЛС клубига ўтиши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед" ҳимоячиси ҳайдовчилик гувоҳномасидан 6 ойга маҳрум қилинди  2 09:55Дибала фаолиятини Аргентинада давом эттириши мумкин  0 09:24Симеоне А Серия гранди билан келишувга эришди  2 08:52Нури Шахин: "20 йил ичида биринчи марта таътилда бўлдим"  0 08:20Майкл Кэррик "Манчестер Юнайтед"нинг навбатдаги ғалабасидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  1 07:45ПСЖ Ямал учун қанча таклиф қилгани маълум  8 07:00АПЛ. "Эвертон" — "Манчестер Юнайтед" 0:1  8 02:55АПЛ. Кэррикнинг мағлубиятсиз серияси давом этади: "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Эвертон"ни мағлуб этди  11 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  9 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  17 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  21 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  10 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  12

Islom Ahmedov: "O'smirlarimizga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "O'smirlarimizga oson bo'lmaydi"

SHu kunlarda taniqli futbol mutaxassisi, OFK yo'riqchisi Islom Ahmedov Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib turibdi.
Hamyurtimiz u erda OFK tomonidan tashkil etilayotgan A toifali murabbiylik kurslariga rahbarlik qilyapti. Etiborga molik jihati, aynan Bangkok shahrida O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasi ham shanba kuni start oladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Biz Islom Ahmedovga o'smirlarimizga doir bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Salom. Hozirgina ko'chadan xonamga kirib keldim. Ko'chada sharros quyib yomg'ir yog'yapti. Hozir SHarqiy Osiyo mamlakatlarida yomg'ir mavsumi. Bilmadim, bunday ob-havo sharoitida o'smir futbolchilar qanday qilib futbol o'ynashar ekan.

- Bangkokda bizning o'smir futbolchilar bilan uchrashdingizmi?
- Hozircha yo'q. Ular boshqa mehmonxonada yashashyapti. Mezbonlar ishtirokchi terma jamoalarni avvaldan ajratilgan maxsus mehmonxonalarga joylashtirgan. Lekin har kuni Sasha (terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov nazarda tutilgan, - muallif) bilan gaplashib turibmiz.

- Mochinov bizning savollarimizga javob bermayapti...
- Unda masuliyat va hayajon kuchli. Murabbiyni tushunish kerak. Bundan hafa bo'lmaslik kerak. Unga hozir oson tutib bo'lmaydi. Darvoqe, men turgan mehmonxonada Avstraliya va Yaponiya o'smirlar terma jamoalari joylashishgan. Futbolchilari 16 yashar o'smirga o'xshamaydi. Ayniqsa, avstraliyalik futbolchilar jismonan baquvvat va bo'ychan. Biznikilarga oson bo'lmasligi aniq.

- O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga Tailand futbol federaciyasi qanday tayyorgarlik ko'ryapti? SHaharda yursangiz, qita miqyosidagi musobaqa o'tkazilayotgan o'xshaydimi?
- Tayyorgarlik yaxshi. Osiyo chempionatida yarim finalga etib kelib, kuchli to'rtlikka kirgan terma jamoalar JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. SHu bois, musobaqaga bo'lgan qiziqish yuqori. SHaharda Osiyo chempionati o'tkazilayotganini bildiruvch banerlar osilgan. Lekin Tailand terma jamoasining mashg'ulotini kuzatdim. Murabbiylar eski uslubda tayyorgarlik ko'rishyapti. Menimcha, ularning natijasi ham yaxshi bo'lmaydi. Birgina ustun jihati - iqlimga o'rganishgan. Yuqorida aytganimdek, kunora yomg'ir yog'yapti. Yomg'irdan keyin namgarchilik yanada yuqri bo'lib ketadi. Bunday sharoitda yugurish u yoqda tursin, nafas olish qiyinlashadi. SHu jihatdan olib qaraganda, ishtirokchilarga, ayniqsa, G'arbiy Osiyodan kelgan jamoalarga qiyin bo'ladi.

- O'smirlarimizning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Qiyin bo'ladi. Mochinov jamoani qabul qilib olganiga uch oygina bo'ldi. O'zi bu noto'g'ri qaror edi. Bu futbolchilarni uch yil davomida bir murabbiy tayyorlab keldi. Keyin esa boshqa murabbiyga topshirishdi. Tabiiyki, o'yin uslublari o'zgaradi. Qisqa fursat ichida olamshumul o'zgarishlarni amalga oshirib bo'lmaydi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика