So’nggi yangiliklar

10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  2 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3

Islom Ahmedov: "O'smirlarimiz hayajonni engib olishdi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "O'smirlarimiz hayajonni engib olishdi"

SHu kunlarda Tailandda o'smirlar (U-16) o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 2-turdan so'ng 4 ochko bilan guruhda to'plar nisbatiga ko'ra 1-o'rinni egallab turibdi. Ayni paytda Bangkok shahrida bo'lib turgan taniqli mutaxassis Islom Ahmedovdan terma jamoamiz ishtirokida o'tgan ikki uchrashuv tahlili yuzasidan qisqacha intervyu oldik.

- Ishonchim komil, o'smirlarimiz guruh g'olibi sifatida chorak finalga yo'llanma olishadi, - deya so'z boshladi I.Ahmedov.  Har ikkala o'yinni ham bevosita stadionda kuzatdim. Terma jamoamiz o'yinida o'zgarish bor.

- Mutaxassis sifatida har ikkala o'yinni tahlil qilib bersangiz.
- Terma jamoamiz ham jamoaviy, ham individual jihatdan o'sishga erishayotganini aytishim mumkin. Futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch oshmoqda. Bir narsani unutmaslik lozim, bu yoshda bir tekis o'ynab bo'lmaydi. O'smir bolalarning ruhiy kechinmalariga ham ko'p narsa bog'liq. Bir narsaga amin bo'ldimki, bizning futbolchilarda o'yin mahorati guruhdagi raqib jamoa futbolchilariga qaraganda yuqori. To'g'ri, o'yinni tashkil qilish bo'yicha kamchiliklar bor, lekin buni bartaraf qilsa bo'ladi. Birinchi o'yin bilan ikkinchisining o'rtasida shu jihatlarda farqni sezdim. Endi hozir birinchi galda kechagi g'alabani unutish kerak. Ertaga esa bor etiborni g'alaba qozonish uchun qaratish lozim. Aleksandr Mochinov bu muammolarni qanday bartaraf etishni biladi.

- Sizningcha, Nepal bilan o'yinda futbolchilarimizning o'yini qovushmadimi yoki yigitlarimiz shunchaki raqibni mensimay harakat qilishdimi?
- Nepal bilan uchrashuv terma jamoamizning bunday nufuzdagi ilk o'yini edi. Futbolchilarimiz uchun ham, bosh murabbiy uchun ham sinogv bo'ldi. Aslida kim bilan o'ynashning ahamiyati yo'q. Raqib qanday imkoniyat bersa, shundan kelib chiqib o'ynaysiz. Yuqorida yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonchning ortayotgani haqida gapirdim. Lekin bu bosh maqsadimizga erishish uchun ayni paytda kamlik qiladi. Yarim finalga chiqib, jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun yana ham o'sish kerak.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика