So’nggi yangiliklar

18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  1 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  1 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1 14:57"Бавария" дарвозабони Улрайх ўғли вафот этганини эълон қилди  0 14:29CAFA турнирида иштирок этадиган терма жамоага бош мураббий тайинланди  2 14:03Трамп Бразилия фуқароларининг ЖЧ-2026га келишига тўсқинлик қилиши мумкин  4 13:34ЦСКА футболчиси Гайич Файзуллаевга Туркиядаги фаолиятини муваффақиятли ўтказишни тилади  2 13:05Пул топишни "Пахтакор"дан ўрганиш керак  14 12:39​Ўзбекистон терма жамоаси тажрибали ҳимоячисига Озарбайжондан қизиқиш бор  2 12:08Ўзбекистон терма жамоаси собиқ аъзоси Гонконгга йўл олмоқда  8 11:47Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи Котрина Кулбите: "Осиё Кубогида осон рақиблар бўлмайди"  5

Islom Ahmedov: "Ob-havo ko'proq raqibga salbiy tasir ko'rsatadi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "Ob-havo ko'proq raqibga salbiy tasir ko'rsatadi"

Bugun “Lokomotiv” va “Nasaf”ni joriy yildagi ilk rasmiy hamda shu bilan birga ahamiyati yuqori bo'lgan o'yin kutib turibdi.
Toshkentda “temiryo'lchilar” Quvaytning “Quvayt SK”ni qabul qilsa, qarshiliklar Qatarda “Al Jaish” mehmoni bo'ladi. Ko'pchilik intiqlik bilan kutayotgan mazkur o'yinlar jamoalarimiz uchun hal qiluvchi bahs sanaladi. O'yindan oldin ayrim mutaxassislarning fikrlarini bilish maqsadida ularni suhbatga tortdik. Musohabamiz dastlab OFK instruktori Islom Ahmedov bilan kechdi.

- Toshkentda bo'lib o'tadigan o'yinda ob-havoning injiqligi o'yinga o'z tasirini o'tkazishi aniq. SHu bois o'ylaymanki bugun jamoalar yopiq o'yin namoyish etadi. Aslida ham bunday sovuq ob-havoda futbolchilardan ochiq o'yin kutib bo'lmaydi. Maydon sirpanchik, to'pni nazorat qilish oson kechmaydi. Lekin nazarimda ob-havo vakillarimizdan ko'ra, ko'proq raqib jamoa futbolchilariga salbiy tasirini o'tkazadi. CHunki bizning yigitlarga bunday ob-havoda futbol o'ynash yangilik emas. Oldin ham bunday sharoitda o'ynashgan. SHuning uchun quvaytliklar yurtimizga kelishi bilanoq ob-havoning sovuqligidan ruhan singan bo'lishi aniq. “Lokomotiv”ning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholaganimiz bilan biribir hammasini o'yin ko'rsatib beradi. Ochig'i. Bu yil “temiryo'lchilar” o'z safini yulduz futbolchilar evaziga kuchaytirgan bo'lsada, bugun aniq yutadi deb bo'lmaydi. CHunki etakchi o'yinchilar bir-birlari bilan to'liq tushunib keta olishdimi? Jamoa o'z o'yinini topa oldimi? Mavsmuga tayyorgarlik ishlari bir,bir yarim oy davomida bo'ldi. Bu vaqt ichida murabbiy futbolchilarni qay darajada tayyorlay oldi? Bu kabi savollarga uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi ortda qolganidan keyin javob olish mumkin.  

- “Nasaf”ning safardan ijobiy natija bilan qaytishini tahmin qila olaman. Sababi Ro'ziqul Berdiev u erda ruhiy jihatdan hammasini izga solgan. O'tgan yili “ajdarlar” shaxsan menda yaxshi taassurot qoldirdi. Yakdil jamoa shakllangan. SHuning uchun bemalol ayta olamanki, “Nasaf” Qatarda o'z o'yinini ko'rsata olsa, g'alaba qozona oladi.
Umuman olganda bugungi hal qiluvchi o'yinlarda har ikkala klubimizga omad tilayman. Qolganini o'yin ko'rsatadi.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика