So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Islom Ahmedov: “Navbahor”dagi muhit menga juda yoqdi” Yangiliklar

Islom Ahmedov: “Navbahor”dagi muhit menga juda yoqdi”

Bir necha yillardan buyon OFK instrkutori sifatida ishlab kelayotgan Islom Ahmedov yaqindagina “Navbahor” murabbiylar shtabida ish boshladi.
Endilikda Ashurmatovga yaqindan yordam beradigan mutaxassis saytimizga intervyu berdi.

- Ochig'ini aytganda, murabbiylik ishimni juda sog'ingandim. SHu bois bosh murabbiy yoki yordamchi murabbiy bo'libmi ishlashning ahamiyati yuqori emasdi. Albatta “Navbahor” va Ashurmatovning taklifi men uchun kutilmagan bo'ldi deyish mumkin. Baxtiyor Azamovich uchun ham voqealar rivoji bunday tus olishini hech kim kutmagan bo'lsa kerak. Unga masuliyatli vazifani topshirishdi. Endilikda olimpiya terma jamoasi bilan ham ko'zlangan maqsadlar uchun kurashadi.

- Baxtiyor Azamovich bilan oldindan tanish edik va o'zaro munosabatlarimiz yaxshi. Rostini aytganda, yordamchi murabbiylikka klubning nomzodlari ko'p edi. Ulardan meni munosib ko'rishgani albatta quvontirdi. Men ham o'z navbatida ishonch bildirgani uchun “Navbahor” rahbariyatiga va Ashurmatovga minnatdorchilik bildiraman. Yana shuni ham qilishni istardimki, bu yil ham jamoani Baxtiyor Azamovich shakllantirdi. Har bir futbolchi aynan uning taklifiga binoan kelgan. SHu bois bosh murabbiyning jamoa bilan butunlay xayrlashishi to'g'ri bo'lmasdi.
 
- Jamoa mashg'ulotlari va o'tkazayotgan nazorat uchrashuvlarini chetdan turib kuzatib bormoqdaman. SHu tariqa asta-sekin tanishyapman. 4 martdan boshlab astoydil ishga kirishaman.

- Jamoani 3-4 kun kuzatib shunga amin bo'ldimki, ichki muhit alo darajada. Eng asosiysi ham shu. Muhit yaxshi bo'lsa, ishda ham engil bo'ladi. Murabbiylar shtabi ham bir-birini so'zsiz tushunadi. Jamoada mexnatkash yigitlarni yig'ilgani ko'rinib turibdi.

- Selekciya borasida hozirdan shoshilinch xulosa berish qiyin. Buni mavsum ko'rsatadi. Umid qilamizki, rahbariyat va muxlislar ishonchi oqlanadi. Niyatimiz kurashchan jamoa shakllantirib, namanganlik ishqibozlarga har bir bahsda zavq ulashishdir.

- Jamoada men maslahatchi murabbiyman. Yaxshi bilasiz endilikda bosh murabbiy ko'proq OTJda bo'ladi. Bunday paytda biz yordamchi murabbiylar uning yo'qligini bilintirmaslikka xarakat qilamiz. SHunday bo'ladi ham.

- Natijaga Baxtiyor Azamovich javob beradi. SHunday ekan mashg'ulotlar ham uning dasturi asosida o'tadi. Lekin men ham o'z maslahatlarimni berib boraman. Bir so'z bilan aytganda, bamaslahat ish olib boramiz. To'g'risi, futbolga qarashlarimiz deyarli bir xil.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика