So’nggi yangiliklar

00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  0 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  1 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  15 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19

Islom Ahmedov: Jeparov va Kapadzedan yaxshi murabbiy chiqishi mumkin Yangiliklar

Islom Ahmedov: Jeparov va Kapadzedan yaxshi murabbiy chiqishi mumkin

Malumki, yaqinda poytaxtimiz Toshkent shahrida V licenziyasi uchun o'quv-kurslari tashkil etilib, unda bir guruh bo'lg'usi murabbiylar tahsil olishdi.

Ular orasida Asror Aliqulov, Alisher Bozorov, Anvar G'ofurov, Odil Isaboev, Xayrulla Karimov, Viktor Karpenko, Anvar Soliev, SHerzod SHaripov, Abdumajid Toirov kabi taniqli futbolchilar bor edi. Ushbu o'quv-kurslariga FIFA va OFK yo'riqchisi, tajribali mutaxassis Islom Ahmedov rahbarlik qildi. Muxbirimiz kuni kecha Islom Ahmedovni suhbatga tortib, kurs yakunlari bo'yicha fikrlarini so'radi.

- Islom aka, suhbatimiz avvalida Toshkentda o'tgan o'quv-kurslari haqida malumot bersangiz. Mashg'ulotlar qanday o'tdi?


- O'quv-kursi biz umid qilgandek, juda ham qiziqarli o'tdi. Unda qatnashgan tinglovchilar ham nazariy, ham amaliy mashg'ulotlarga jiddiy tarzda yondashishdi. Ochig'i, ularning harakati va ishtiyoqidan qoniqish hosil qildim. Yigitlarga rahmat, kursga juda yaxshi tayyorgarlik bilan kelishibdi. O'quv dasturida asosan, Franciyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatidan olingan lavhalardan foydalandik. Ana shu qita chempio­natida ko'zga tashlangan yangiliklarni birgalikda muhokama qilib, amalda sinab ham ko'rdik. Ko'hna qitaning ko'zga ko'ringan terma jamoalari o'yinni qanday tashkil qilishayotganini, nimaning hisobiga raqiblardan ustun kelishayotganini birgalikda tahlil qildik. Umid qilamanki, tinglovchilar das­tur davomida o'zlari uchun muhim malumotlardan boxabar bo'lishdi va zamonaviy futboldagi mazkur yangiliklarni o'z klublarida amalga tatbiq qilishadi.

- Aytingchi, o'quv-kursida tahsil olgan yosh murabbiylar zamonaviy futbolning talablarini qanday qabul qilishdi?


- Sir emaski, ularning barchasi o'z vaqtida katta futbol havosidan nafas olishgan, ayrim tinglovchilar esa hamon futbolchilik faoliyatini davom ettirishyapti. SHu bois, har qanday yangilikni tezda qabul qilib, o'zlashtirib olishadi. Ular nazariy darslarda malumotlar haqida tasavvur hosil qilishdi, amaliy mashg'ulotlarda esa o'rganganlarini maydonda, amalda sinab ko'rishdi.

- Amaliy mashg'ulotlar qay tarz­da o'tkazildi?


- O'quv-kursining so'nggi kunlarida bir nechta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Zamonaviy futbolning yangi talablari asosida tashkil etilgan ushbu o'yinlar kursimiz qatnashchilarida juda katta taassurot qoldirdi. Yigitlarning o'zlari ham maydonga katta ishtiyoq bilan tushishdi. Orttirilgan ko'nikmalarni bevosita maydonda sinab ko'rishganidan so'ng ularning fikrlari tamomila o'zgardi. Aniqrog'i, yangi talablar asosidagi futbol avvalgisidan birmuncha oson ekanligini aytishdi.

- O'zi zamonaviy futbolning talablari qanday? Keling, avvalo, shu savolga oydinlik kiritib olsak...


- Malumki, bugungi kunda Evropaning grand klublari va terma jamoalari maydonda kamroq kuch sarflab, ijobiy natijani qo'lga kiritishga etibor qaratishyapti. Buning uchun esa futbolchilarni maydonda 90 daqiqa maqsadsiz yugurishga emas, aql bilan ish yuritishga o'rgatish lozim. Qiyinchiligi shundaki, bu usulda futbolchi har soniyada o'ylashi va diqqatni bir joyga to'plab, sovuqqonlik bilan harakat qilishi kerak. Lekin bu xususiyatlarning barini bir futbolchida jamlash ancha qiyin. Agar shunga erisha olsak, futbolimiz yangi bosqichga ko'tarilardi. Biz - mutaxassislar o'quv-kurslarida shu narsaga erishish uchun intilyapmiz. Quvonarlisi, murabbiylarning o'zlarida ham bu usulga qiziqish katta. Ko'pchilikning fikricha, bugungi kunda eng muhimi - jismoniy tayyorgarlik. Bu fikrga qo'shilaman. SHuningdek, ayrim klublarimizda murabbiylar futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga jiddiy etibor qaratmayotgani, yuklamalarni talab darajasidan kam berilayotgani takidlanmoqda. Lekin menimcha, hamma narsa jismoniy tayyorgarlikka bog'liq emas. Evropa klublarida futbolchi 90 daqiqa bir maromda to'p surishi uchun boshqa zamonaviy metodlardan foydalanishyapti. Ana shu metodlarni o'quv-kurslarimiz davomida futbolchi va murabbiylarimizga ko'rsatishga harakat qildim. Ammo bu yangiliklarni birdaniga qabul qilish o'quvchilarimiz uchun malum qiyinchiliklarni tug'diradi, albatta. Buning uchun yana ozroq vaqt kerak.

- Islom aka, bizdagi malumotlarga ko'ra, siz yaqinda Hindistonning Mumbay shahrida o'tgan va FIFA tomonidan tashkil etilgan kurslarga ham rahbarlik qildingiz. Asosan hindistonlik murabbiylar uchun mo'ljallangan bu o'quv-kursi haqida ham malumot bersangiz.


- Bilasizmi, oldinlari ham Hindistonda bir necha bor bo'lib, o'quv-kurslarida faol qatnashganman. Quvonarlisi, Hindiston futbol federaciyasi rasmiy vakillari har safargidek, juda iliq kutib olishdi. Bu galgi FIFA Senior Coaching Course, deb nomlangan o'quv-kursi FIFA tomonidan tashkil etildi va 5-9 avgust kunlari oralig'ida Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazildi. Unda asosan mahalliy murabbiylar ishtirok etishdi. Jami 35 nafar murabbiy 5 kun mobaynida o'quv-kursida tahsil oldi. Dastur Toshkentdagi kurslar bilan deyarli o'xshash edi. Hind murabbiylari ham katta ishtiyoq bilan kurslarda tahsil olishdi.

- O'zbek va hind murabbiylarini taqqoslash mumkinmi?


- To'g'risini aytsam, O'zbekiston - futbol mamlakati. Hindistonda esa millionlar o'yiniga etibor endigina kuchaytirilyapti. SHu bois, ikki mamlakat murabbiylarini o'zaro taqqoslamagan bo'lardim.

- Endigi rejalar qanday?


- Ayni payt Toshkentda S licenziyasi uchun murabbiylik o'quv-kurs­lari davom etmoqda. Unda mashhur futbolchilarimizdan Pavel Bugalo, Server Jeparov, Temur Kapadze, Eldor Magdeev va boshqalar ishtirok etishmoqda. O'ylaymanki, bu futbolchilardan kelajakda ajoyib murabbiylar etishib chiqadi. Bunga etarlicha asoslar bor.

Toshkentda o'tgan va yakuniga etgan o'quv-kurslari tinglovchilari:


Otabek Akramov, Asror Aliqulov, Anvar Almatov, Alisher Bozorov, Naufal Boboev, Anvar G'ofurov, Jalolxon Inog'omov, Odil Isaboev, Xayrulla Karimov, Viktor Karpenko, Vitaliy Lushachev, Rinat Miftaxutdinov, Anvar Soliev, Ilhom Yusupov, SHerzod SHaripov, Temur Boboxonov, Abdumajid Toirov, Durbek Umaraliev, Akmal Xoliqov, Obid Xudoyorov, Temur Turdiev, Abbos Abdullaev

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика