So’nggi yangiliklar

20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  4 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  1 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  2 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19

Islom Ahmedov 21-tur oldidan mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholadi Yangiliklar

Islom Ahmedov 21-tur oldidan mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholadi

Malumki bugun oliy liganing 21-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. OFK instruktori Islom Ahmedov mazkur uchrashuvlar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Olmaliq – Neftchi 60x40
“Olmaliq” bugun yutadi. Negaki, mezbonlar bir jamoa bo'lib 3-4 yildan beri shakllanib kelmoqda. Maydonda nima qilishni biladi. Farg'onada esa aksincha bu yil o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Tarkib yangitdan tuzildi. Qolaversa mavsum davomida rahbariyat o'zgardi. U erda vaziyat engil emas ularga. Qolaversa “Olmaliq”ning g'alaba qozonishi muhim.  

Mashal – Dinamo. 60x40.
Bu o'yinda muborakliklar yutadi deb aytgan bo'lardim. CHunki ularda jamoaviy o'yin kuchli. To'g'ri, individual tomondan unchalik maqtana olmaydi, lekin jamoa o'z o'yin uslubiga ega. Boz ustiga “Mashal” bugun uyida o'ynaydi. O'z maydonida faqat g'alaba uchun o'ynashini yaxshi bilaman. Sababi ilgari o'zim ham bu klubda ishlaganimda, shunday bo'lgan. To'g'ri, bugun “Dinamo”ga ham ochko zarur. Ular quyi o'rinlarni tezrok tark etish payiga tushib qolgan. Samarqandliklarda yaqinda murabbiy o'zgardi. Lekin ular har bir uchrashuvda bir xil saviyada o'ynay olmaydi. “Mashal” ustozi Xomyakov esa bir necha yillardan ishlab kelmoqda. Bu orada u kata ishlarni bajardi. Mezbonlarning eng katta yutug'i ham shu. Muborakliklarning jismoniy jihatdan etakchilar qatorida deyish mumkin. Agarda maydonda futbol o'ynalsa “Mashal” yutadi deb o'ylayman.

Qizilqum – Lokomotiv. 49x51.
Juda qiyin o'yin bo'ladi. Mezbonlar g'alabaga harakat qilishi tabiiy. “Lokomotiv” esa yulduzli tarkibga ega. Lekin o'yin qovushadimi yo'qmi hamma gap shunda. Bugungi kunda “temiryo'lchilar”ga g'alaba muhim. CHunki ular chempionlik uchun kurashmoqda. Ochko yo'qotishni istamaydi. “Qizilqum” ham yaxshi jamoa. O'z maydonida osonlikcha taslim bo'ladigan klub emas. Raqibga oson bo'lmaydi. Qiziqarli o'yin bo'ladi.

Andijon – Navbahor. 51x49.
Vodiy derbis har doim jamoalarning turnir jadvalida nechanchi o'rinda borayotgan bo'lishidan qatiy nazar, jangavor ruh ostida o'tadi. Hozir “Navbahor”ning bosh murabbiyi terma jamoa bilan birga. Bu narsa namanganliklarga tasir qiladi. “Andijon”da yaqinda rahbariyat o'zgardi. Qolaversa murabbiylar shtabi ham yangitdan tuzildi. Gess oldin Andijonda ishlagan va u jamoaning imkoniyatini biladi. Bugun u g'alaba uchun o'ynaydi. Andijonda o'zim ham ilgari ishlaganman. U erda odamlar futbolni juda yaxshi ko'radi. Tushunaman bu yil muxlislar jamoaning o'yinidan hafa. CHunki katta extimol bilan jamoa yana quyi ligaga tushib ketmoqda. Lekin bugun futbolchilar oldidagi asosiy vazifa g'alaba qozonib, ishqibozlarga yaxshi kayfiyat ulashishdir. Qolgani keyingi masala. O'ylaymanki “Andijon”da yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Faqat to'g'ri taktika tanlab, ularni qanday o'ynata bilish lozim. “Navbahor” bugungi kunda raqibidan kuchli. Lekin shunga qaramay mezbonlar g'alaba qozonadi deb hisoblayman. Bu borada andijonliklarga omad tilayman.

So'g'diyona – Metallurg. 55x45.
Jizzaxliklar ruhiy tomondan o'yinga qanday tayyorlanishni juda yaxshi biladi. Tarkibda yulduzlar yo'q. Lekin jamoaviy o'yin bor. Har bir raqibi bilan tengma-teng kurashmoqda. Bugun “So'g'diyona” yutsa kerak. Lekin qiyin bo'ladi. “Metallurg” ham kuchli jamoa. Oxirgi paytlarda bu jamoa haqida tanqidiy maqolalar ko'payib ketdi. SHuning uchun ham bekobodliklar bugun Zomindan uch ochko bilan qaytishga bor kuchini bersa ajab emas. Mezbonlar esa oliy ligada qolishi uchun ochko yo'qotmaligi zarur. Aks holda imkoniyati yanada pasayib ketishi turgan gap.


Islombek Rustambekov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика