Islandiya terma jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri Osiyo klubi bilan shartnoma imzoladi
18 okt 2019 10:54
Yangiliklar


Islandiya terma jamoasining etakchi o'yinchilaridan biri Osiyo klubi bilan shartnoma imzoladi
Qatarning "Al Arabi" klubi o'z tarkibini islandiyalik yarim himoyachi Birkir Byarnason bilan kuchaytirib oldi.
Bu haqda Doha klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bitim keyingi yil yanvar oyi so'nggiga qadar imzolandi. Byarnason yangi jamoasida 67-raqam ostida to'p tepadi.
31 yoshli markaziya yarim himoyachi avgustda "Aston Villa" bilan tuzgan shartnomasini bekor qilgan edi.
Futbolchi CHempionshipda 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Byarnason Islandiya terma jamoasi safida 82ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, "Al Arabi" bosh murabbiyligida o'tgan yil dekabr oyidan buyon Islandiya terma jamoasi sobiq ustozi Xeymir Xadlnrimsson faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar