Isla faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

11 iyun 2020, 22:21
Chililik futbolchi Maurisio Isla "Fenerbaxche"ni tark etadi. Bu haqida jamoaning matbuot xizmati xabar qildi.

Turk klubi himoyachi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilgan. TyC Sports xabariga ko'ra, Isla faoliyatining keyingi qismini Argentinaning "Boka Xuniors" klubida davom ettirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Maurisio Isla bunga qadar "Udineze", "Yuventus", "Marsel" va "Kalyari" jamoalarida ham to'p tepishga ulgurgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports