So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  10 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  16 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Ishonchni oqla, shovvoz Yangiliklar

Ishonchni oqla, shovvoz

Yoxud joriy mavsumning eng etiborli xaridlari

Evropada transfer oynasi yopildi. Endi kelasi yilning boshigacha klublar mo'may daromadga sotib olingan futbolchilarni sinovdan o'tkazishadi. Ushbu o'yinchilarning hammasi ham ishonchni oqlay bilisharmikin? Buni albatta, vaqt ko'rsatadi. Biz esa etiborimizni jazirama yozning eng qaynoq transferlariga qaratamiz.

10. Joau Mariu - 40 mln. evro Sporting  Inter


23 yoshli yarim himoyachi Evro-2016ning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylanib, Portugaliya terma jamoasi bilan chempionlikni nishonladi. SHu bois, uni o'z safida ko'rishni istagan top-klublar soni ortdi. O'ziga xos kurashda Inter chaqqonlik qildi va Mariu uchun lissabonliklarga 40 mln. evro to'ladi. Bundan tashqari, Sporting ushbu futbolchining muvaffaqiyatli ishtiroki evaziga yana 5 mln. evro bonusga ega bo'lishi mumkin. Joau neradzurri safida debyutini nishonlashga ulgurmadi. Portugaliya chempionatining o'tgan mavsumida 33ta o'yin o'tkazib, 6ta to'p kiritgan Joau sheriklarini 11 marta golli pas bilan taminlagan.

9. SHkodran Mustafi - 41 mln. evro Valensiya Arsenal


Germaniya terma jamoasi safida JCH-2014 chempionligini nishonlagan futbolchi Angliyaga qaytmoqda. Mustafi faoliyatini Evertonda boshlagan bo'lsada, premer-ligada Liverpul klubi sharafini himoya qilishga ulgurmagan. Mana, endi Arsenal uning uchun Valensiyaga 41 mln. evro to'ladi. Ispaniya jamoa­si ajoyib biznesga qo'l urdi, zero ikki yil avval SHkodranni Sampdoriyadan 8 mln. evro evaziga sotib olgandi. Valensiyaliklar himoya etakchisiga o'rinbosar sifatida Zenitdan Esekel Garayni xarid qilishdi. Mustafi primeraning avvalgi mavsumida 30ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgandi.

8. Sadio Mane - 41,2 mln. evro Sautgempton Liverpul


Angliya futboli ichidagi eng qimmatbaho transferlardan biri Mane nomi bilan bog'liq. Avliyolar 24 yoshli senegallik vingerni sotish evaziga 25 mln. evrodan ko'proq foyda ko'rishdi. 2014 yilning yozida Sautgempton Sadio uchun Zalcburgga 15 mln. evro to'lagandi. Endi esa Liverpuldan ushbu tezkor futbolchi uchun 41,2 mln. evro oldi. Yurgen Klopp noyob o'yinchining safga qo'shilganidan mamnun. APLning o'tgan mavsumida Mane 37ta o'yin o'tkazib, 11ta gol va 7ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Yangi chempionatda esa Arsenal darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi.

7. Genrix Mxitaryan - 42 mln. evro Borussiya D.  MYU


Armanistonlik yarim himoyachi olmon yurtidagi faoliyatiga yakun yasab, Angliyani zabt etishga kirishdi. O'tgan mavsum Mxitaryan uchun muvaffaqiyatli tarzda kechdi, turli so'rovlarga ko'ra, bundesliganing eng yaxshi o'yinchisi nomiga loyiq ko'rildi. Germaniya chempionatining avvalgi mavsumida 31ta o'yin o'tkazgan Genrix raqiblar darvozasini 11 marta ishg'ol qilishdan tashqari, 20ta vaziyatda sheriklarini samarali uzatma bilan taminladi. Uch yil avval Borussiya Mxitaryan uchun SHaxtyorga 27,5 mln. evro to'lagandi, endi esa 27 yoshli futbolchi uchun Manchester Yunayteddan 42 mln. evro oldi. Hozircha Genrix MYU o'yinlariga faqat zaxiradan qo'shilmoqda, ammo Joze Mourino yangi shogirdiga katta ishonch bildirayotganini bot-bot takidlamoqda.

6. Granit Jaka - 45 mln. evro Borussiya M. Arsenal


Evro-2016da SHveycariya terma jamoasining asosiy figuralaridan biriga aylangan 23 yoshli yarim himoyachi uchun Arsenal 45 mln. evrodan voz kechdi. SHu tariqa, kanonirlar o'z tarixlaridagi eng qimmatbaho transferlardan biriga  qo'l urishdi. 2012 yili Menxengladbaxning Borussiya klubi Jaka uchun Bazelga 8,5 mln. evro to'lagan. Germaniya chempionatining o'tgan mavsumida Granit 28ta o'yinda 3ta gol urgandi. Arsenaldagi debyut esa uncha o'xshamadi, Liverpul­ga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushgan Jakaning o'yini qovushmadi. Keyingi uchrashuvlarda esa asosiy tarkibda ko'rinish berdi.

5. Leroy Sane - 50 mln. evro SHalke Manchester Siti


Manchester Siti Germaniya termasi va SHalke klubining hujumkor yarim himoyachisini o'z safiga jalb etish maqsadida 50 mln. evroning bahridan o'tdi. Transfer bozorida 20 yoshli o'yinchi uchun faqat bir marta bundan ko'p pul to'langan: Rahim Sterling 62 mln. evaziga shaharlikka aylangandi. SHalkening tezkor futbolchisiga ega bo'lishni juda xohlagan Xosep Gvardiola endilikda Sanega katta ishonch bildirmoqda. Leroy bundesliganing o'tgan mavsumida 33ta bahsda ishtirok etib, 8ta gol urgan, o'z nav­batida, sheriklarini 6ta samarali uzatma bilan taminlagan. Oldinda uni Britaniya sahnasida prem­era kutmoqda.

4. Jon Stounz - 55,6 mln. evro Everton Manchester Siti


Man Sitining yana bir yirik xaridi - Angliya termasi va Everton klubining 22 yoshli himoyachisi Stounz. Kelishuv 55,6 mln.ga baholandi. Darhaqiqat, bu amplua vakili uchun yirik summa. Avvalroq CHelsi ham Jon uchun kurashganiga qaramay, futbolchi oxir-oqibat shaharliklarga nasib etdi. Qizig'i, 2013 yilning yanvarida Everton Barns­li tarbiyalanuvchisi uchun 3,5 mln. evroga yaqin mablag' sarflagandi. Stounz Man Siti safidagi dastlabki o'yinlarini o'tkazishga ham ulgurdi, ECHL saralashidan o'rin olgan Styauaga qarshi bahs shular jumlasidan. Jon APLning o'tgan mavsumida 33ta uchrashuvda ishtirok etgan.

3. Xalk - 55,8 mln. evro Zenit SHanxay SIPG


So'nggi to'rt mavsumni Zenit safida o'tkazgan Xalk Sankt-Peterburgda qolishga qarshi emasligini bildirgandi, ammo Xitoydan kelgan takliflar uni rejalarini o'zgartirishga majbur qildi. Piterliklar braziliyalik futbolchini SHanxay SIPGga 55,8 mln. evroga sotish orqali Rossiya transfer bozorida o'ziga xos rekord qayd etishdi. Xalk o'tgan mavsum 17ta gol va 16ta samarali pas bilan RPLning eng sermahsul o'yinchisiga aylandi, Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichida porladi. SHanxay SIPG safidagi ilk o'yinida tezkor gol muallifiga aylangan futbolchi kutilmaganda jarohatlanib, hozirda asosiy vaqtini davolanishga sarflamoqda.

2. Gonsalo Iguain - 90 mln. evro Napoli  Yuventus


Iguainning jamoasini almashtirishi nafaqat joriy yil yozi, balki butun futbol tarixidagi eng yirik transferlardan biriga aylandi. Yuventus 28 yoshli argentinalik forvard uchun 90 mln. evro to'ladi. Boz ustiga, Gonsalo Keksa sinora safini to'ldirgach, neapollik ishqibozlar tanqidiga uchradi. Boshqa tomondan, Napoli Iguainni sotish evaziga 50 mln. evrodan ko'proq foyda ko'rdi. CHunki 2013 yili hujumchi uchun Realga 39 mln. evro to'lagandi. Gonsalo o'tgan mavsum Italiya A seriyasida 35ta o'yin o'tkazib, 36ta golga mualliflik qilgandi. Darvoqe, Yuventusdagi debyutini ham gol bilan nishonladi.

1. Pol Pogba - 105 mln. evro Yuventus  MYU


Transfer bozorida yangi rekord guvohiga aylandik! 2016 yilgacha futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida 101 mln. evro evaziga Realga o'tgan Garet Beyl etirof etilardi. Bu ko'rsatkich Manchester Yunayted va Pogba tomonidan yangilandi. Franciya termasining 23 yoshli yarim himoyachisi bu mablag'ga arziydimi-yo'qmi - boshqa masala. Agar mankunianlarning 2012 yili Polni Yuvega erkin agent sifatida qo'yib yuborishganini etiborga olsak, mazkur xarid yanada g'alati tuyulishi aniq. Pogbaning Italiya A seriyasi o'tgan mavsumidagi statistikasi - 35ta o'yin, 8ta gol, 13ta assistentlik. MYU safida APLning ikkita bahsida ishtirok etishga ulgurdi, hozircha raqib darvozasini ishg'ol qilish u yoqda tursin, hatto samarali uzatma muallifiga aylangani ham yo'q. Balki gollarini Manchester Sitiga qarshi kechadigan bahsga asrayotgandir?!
 

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика