Isak yil so'ngigacha safdan chiqdi
18 okt 2022 16:47
Yangiliklar
Isak yil so'ngigacha safdan chiqdi
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak katta ehtimol bilan Qatardagi JCHgacha maydonga tushmaydi.
"Nyukasl" Isakni o'tgan yozda "Real Sosedad"dan 63 million funt sterlingga sotib olib, transfer rekordini yangilagan edi. O'shandan beri Aleksander bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Isak 17 sentyabrdan buyon maydonga tushmayapti, Aleksander esa yaqinda mashg'ulotlarda sonidan olgan jarohatini qaytalab oldi, deb yozadi "Daily Mail".
Isak endi JCH-2022gacha bo'lgan o'yinlarda ishtirok etmaydi. SHveciya terma jamoasi Qatardagi turnirga chiqa olmagani uchun 23 yoshli hujumchi dekabr oyida yana futbol o'ynay oladi.
Fikrlar