Isak SHveciya termasi qarorgohini tark etdi
11 okt 2023 11:57
Yangiliklar
Isak SHveciya termasi qarorgohini tark etdi
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak jarohat sabab SHveciya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.
"Nyukasl" forvardi ihtiyoriga "Vest Xem"ga qarshi o'yindan keyin etib kelgan va SHveciya termasi shifokorlari ishtirokida tibbiy tekshiruvdan o'tgan. Natijalar Aleksander Isak bo'lajak o'yinga tayyor emasligi va Evropa chempionati saralashi doirasidagi dushanba kuniga belgilangan Belgiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majburligini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, 12 oktyabr sanasida SHveciya termasi Moldaviya bilan ro'baro keladi. 16 oktyabr kuni esa Evro-2024 saralashida Belgiya bilan kuch sinashadi.
Bu mavsum Isak 10 ta o'yinda 7 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar