

"Nyukasl" forvardi ihtiyoriga "Vest Xem"ga qarshi o'yindan keyin yetib kelgan va Shvetsiya termasi shifokorlari ishtirokida tibbiy tekshiruvdan o'tgan. Natijalar Aleksander Isak bo'lajak o'yinga tayyor emasligi va Yevropa chempionati saralashi doirasidagi dushanba kuniga belgilangan Belgiyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majburligini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, 12 oktyabr sanasida Shvetsiya termasi Moldaviya bilan ro'baro keladi. 16 oktyabr kuni esa Evro-2024 saralashida Belgiya bilan kuch sinashadi.
Bu mavsum Isak 10 ta o'yinda 7 ta gol urishga erishdi.



