Isak "Liverpul" safidagi birinchi goli haqida: "Bu lahzani uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelganini tushunaman"
01 dek 2025 14:25
Yangiliklar
Isak "Liverpul" safidagi birinchi goli haqida: "Bu lahzani uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelganini tushunaman"
"Liverpul" hujumchisi Aleksander Isak Angliya Premer-ligasining 13-turida "Vest Xem" ustidan 2:0 hisobida safarda qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
Isak 60-daqiqada gol urdi. Bu uning mersisaydliklar tarkibida urgan APLdagi birinchi goli bo'ldi.
"Bu lahzani uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelganini tushunaman va men eng yaxshi formamga qaytishga harakat qildim. Men hali ham shu yo'ldaman, lekin gol urganimdan xursandman. Bu g'alaba yaxshilikka xizmat qilsin, Biz og'ir davrni boshdan kechirganimizni inobatga olsak, bitta g'alaba qaytganimizni anglatmaydi", – dedi shveciyalik forvard.
"Liverpul" barcha musobaqalardagi ketma-ket uch o'yindagi mag'lubiyatli seriyasiga chek qo'ydi va 13 o'yindan so'ng 21 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida sakkizinchi o'ringa ko'tarildi. "Qizillar" 3 dekabr kuni 14-turda "Sanderlend"ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar