Irismetovning fikricha, O'runov Goncharenko bilan mojaro tufayli "Ural"ni tark etgan
28 okt 2022 16:50
Yangiliklar
Irismetovning fikricha, O'runov Goncharenko bilan mojaro tufayli "Ural"ni tark etgan
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Jafar Irismetov 21 yoshli yarim himoyachi Oston O'runovning "Ural"dan ketish sabablari haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, O'runov Ekaterinburg klubini 25 oktyabr kuni uning tarkibida atigi uchta uchrashuv o'tkazgan holda tark etgan edi.
Irismetovning fikricha, futbolchining "Ural"da o'z o'rnini egallashiga o'zining xarakteri to'sqinlik qilgan.
"Oldin ham aytganimdek, u biroz og'ir xarakterga ega. Murabbiy bilan ziddiyatga uchragani haqija yozishdi. Bu to'g'rimi yoki yo'qligini bilmayman, lekin Ostonni biladigan odam sifatida shunday deb taxmin qilishim mumkin. Agar unga kam o'yin amaliyoti berilayotgan bo'lsa, bu uning tabiati tufaylidir", – dedi Irismetov.
O'runov "Ural"dan tashqari "Ufa" va "Spartak" klublarida ham to'p tepgan. Yarim himoyachi hozircha klubsiz.
Fikrlar