So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  9 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Iqtidori Ronaldudan kam bo'lmagan Kuarejma haqida Yangiliklar

Iqtidori Ronaldudan kam bo'lmagan Kuarejma haqida

Mukammal texnikasi va noodatiy paslari bilan ajralib turadigan, Jahon futbolida o'z uslubini yarata olgan Rikardu ham Krishtianu Ronaldu, Luish Figudan kam salohiyatga ega emasdi.

«Mustang» laqabi bilan tanilgan portugaliyalik futbolchi 1983 yil 26 sentyabrda poytaxt Lissabonda tug'ilgan. Karerasini «Sporting» klubida boshlagan. 2001/2003 yillarda mazkur klub sharafini himoya qildi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2003 yilda «Sporting»ning ikki yosh futbolchisi Evropa grandlari etiborini tortdi. Nihoyat, mavsum yakunlangach Ronaldu Manchesterga, Kuarejma esa Kataloniyaga yo'l oldi.



«Barselona» uchun 6 million evroga tushgan futbolchi o'zining debyut bahsini «Milan»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazdi va yangi jamoasi safidagi ilk golini uradi. Mavsum davomida 21 uchrashuvda (10tasi asosiy tarkibda) maydonga tushirilgan futbolchi faqat 1 gol urishni uddaladi. Portugaliya yashil maydonlarida o'tkazilgan 2004 yilgi qita birinchiligiga chaqirilmagan Rikardu Frank Raykaard boshqaruvidagi «Barselona»da ortiq o'ynamasligini malum qildi. Natijada, kataloniyaliklar Kuarejmaga 15 million evro qo'shib berish evaziga «Portu»dan Dekuni xarid qilishdi.



«Ajdarlar» safida 4 mavsum harakatlanib, jamoaning eng asosiy futbolchisiga aylandi. 2005 va 2006 yillar Portugaliyada yil futbolchisi deb topildi, Ammo, terma jamoa murabbiyi Luis Felipe Skolari Rikarduni Germaniyadagi mundialga olib bormadi. «Portu»da qatorasiga 3 bora mamlakat chempionligini tantana qilgach qita grandlaridan katta takliflar kela boshladi. «CHelsi», «Liverpul», «Inter», «Real Madrid», «Bavariya» qiziqishlari doirasida bo'lgan futbolchi 2008 yil «Inter»ga ko'chib o'tdi.



«Inter» bilan 5 yillik shartnoma tuzib 77-raqam ostida o'ynay boshladi. Debyut uchrashuvida o'z uslubida o'ng qanotdan oyog'ining tashqi tomoni bilan uzoq masofadan yo'llagan zarbasi golga aylandi va mavsumning eng chiroyli goli deb topildi. Ammo, Rikarduning ishlari boshqa yurishmadi. U 2008 yil «Oltin o'rindiq» mukofotiga loyiq deb topildi.



Mourinyu ishlari yurishmayotgan vatandoshini 2009 yil fevral oyida mavsum yakuniga qadar «CHelsi»ga ijaraga berib yubordi. Londonda Luis Felipe Skolari va uning o'rnini egallagan Guus Xiddink portugalga ishonch bldirishmadi. Kuarejma 5 marta maydonga tushdi, xolos. Luish Figu «Inter» tark etgach Joze yurtdoshiga yana bir imkoniyat taqdim etdi. Ammo, Rikarduning ishlari umuman o'xshamadi. SHunday bo'lsa ham, u jamoa bilan mavsum so'ngida CHempionlar ligasi bosh sovrinini boshi uzra ko'tardi.


2010 yil Istanbulning «Beshiktosh» klubi tarkibiga borib qo'shilgan qahramonimiz Istanbul klubidagi 2,5 yillik faoliyati davomida o'zini juda yaxshi his qildi va jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. Rikarduga ispanlarning «Atletiko», «Sevilya», «Malaga», Moskvaning «Spartak» jamoalari, shuningdek «Liverpul» qiziqib turgan bir paytda 2013 yil 8 yanvarda Dubayning «Al-Ahli» klubi tarkibiga borib qo'shildi va bir yil mobaynida ushbu klub sharafini himoya qildi.



2014 yil «Portu»ga qaytib 1,5 yil o'ynadi. Braziliyadagi mundialga taklif etilmadi. 2015 yilning yozida Istanbulga qaytib, yana sobiq jamoasi libosini kiydi. Ikki bor «Beshiktosh» bilan mamakat chempionligini tantana qildi. 2016 yil Portugaliya terma jamoasi bilan birga Evropa chempionatida chempion bo'ldi. Aynan Kuarejma Franciyaga qarshi final uchrashuvida jarohatlangan Ronalduning o'rniga maydonga tushgandi.



«Mustang» bugungi kunda ham «Beshiktosh»ning etakchisi hisoblanadi. «Beshiktosh» esa joriy mavsumni 3-o'rinda yakunladi.



Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика