So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  30 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

Iqbol Malikjonov: “Maqsadim jamoam bilan ulkan natijalarni qo'lga kiritish” Yangiliklar

Iqbol Malikjonov: “Maqsadim jamoam bilan ulkan natijalarni qo'lga kiritish”

O'tgan haftada Farg'onada bo'lib o'tgan “Universiada-2016” sport o'yinlarining futbol turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqasida mezbonlar – Farg'ona viloyati terma jamoasi kumush medalni qo'lga kiritdi.

Tajribali mutaxassis Bahrom Haydarov boshqargan jamoa safida “Qo'qon-1912” klubi vakili Iqbol Malikjonov ham bor edi. Ushbu mavsumning kashfiyot futbolchilaridan biri bo'lishi kutilayotgan yosh yarim himoyachi bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

– “Universiada-2016” sport musobaqasidan olingan taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz?

– Taassurotlarim bilan olam. “Universiada-2016” yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqaning har bir kuni hayotimdan usmas iz qoldirdi. Ayniqsa, kumush medal olganimdagi holatimni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Musobaqa sabab boshqa viloyatda tahsil olayotgan talabalar bilan tanishdik, fikr almashdik. Bu biz uchun katta tajriba bo'ldi.

– “Universiada-2016”da kumush medal sohibiga aylandingiz…

– Ayni damda, Farg'ona davlat universitetining iqtisodiyot fakultetining ikkinchi kurs talabasiman. O'qishni tugatganimdan keyin ikkinchi mutaxassislik bo'yicha tahsil olmoqchiman. Demak, menda keyin “Universiada”da qatnashish imkoniyati bo'lishi mumkin. Keyingi safar viloyatimiz terma jamoasi bilan oltin medalni qo'lga kiritishga harakat qilaman.

– Qaysi o'yin siz uchun qiyin bo'ldi, yarim finalmi yoki final?

– Odatda bunday musobaqalarda oson o'yinning o'zi bo'lmaydi. Lekin rim finalda katta kuch sarflaganimiz bois, hal qiluvchi bahsda biroz qiyinaldik. Toshkent shahri terma jamoasi safida bir qator o'zbek futbolining yulduzlari to'p surishdi. Bizning tarkibimiz ham kuchli edi. Ammo finalda omadimiz kelmadi. Ushbu bahsda kim birinchi bo'lib to'p kiritsa o'sha g'alaba qozonishi mumkin edi. Raqibimiz ikkita tezkor gol kiritib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

– O'tgan yili Yoshlar ligasida tajriba to'lab, joriy mavsumda Oliy ligada o'ynay boshladingiz. Elitadagi debyutingiz haqida nima deya olasiz?

–  Har bir yosh futbolchi kuchlilar safida to'p surishni orzu qiladi. Mening ham niyatim amalsha oshib, 3-tur doirasidagi “Andijon”ga qarshi kechgan bahsda Oliy ligadagi debyut o'yinimni o'tkazdim. O'sha uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdim. Keyin esa Qarshida “Nasaf” bilan bo'lgan bellashuvda asosiy tarkibda harakat qildim. Tan olaman, boshida hayajon bo'ldi. Lekin keyinchalik o'zimga bo'lgan ishonchni his eta boshladim. Mening maqsadim jamoam bilan ulkan natijalarni qo'lga kiritish.

Kezi kelaganda, menga ishonch bildirgan barcha murabbiylarimga minnatdorchigimizni izhor etmoqchiman. SHuningdek, bizni doim qo'llab-quvvtalab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman.

Abror Dehqonov suhbatlashdi.
Futbol Ekspress gazetasidan olindi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика